«biotexnologiya» kafedrasi


Tryufelnamolar qabilasi –


Download 0.86 Mb.
bet116/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Tryufelnamolar qabilasi – Tuberales
Bu tartibga yuzga yaqin tur kiradi, ular asosan yer ostida tugunak shaklida mevatana hosil qiladi. Mevatana rivojlanish davrining boshlanishida ochiq bo‘lib, keyinchalik yopiq mevatanaga aylanadi. Mevatana1-10 sm, ba’zan undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Yetilgan mevatananing usti qoramtir ko‘k po‘st – peridiy bilan qoplangan. Mevatananing ichki qismi navbatlashib joylashgan qoramtir rangli, marmar uchli chiziqlardan iborat. Qoramtir qismi tashqi vena va oq rangli qismi esa ichki vena deb ataladi. Mevatana ichi juda ko‘p qiyshiq katakchalararga yoki uyachalarga bo‘lingan bo‘lib, devori geminiy qatlami bilan qoplangan. Uyachalarning ichida parofiz to‘qimalari joylashgan bo‘lib, uning asosidan xaltachalar hosil bo‘ladi. Har qaysi xaltacha ichida ikkita yoki to‘rtta askospora hosil bo‘ladi. Eng muhim vakillaridan biri qora fransuz tryufel (Tuber melanosperum) dir. O‘rta mintaqadagi o‘rmonlarda yozgi tryufel (Tuber aestinum) uchraydi. Bu zamburug‘ining mevatanasi qoramtir yoki qo‘ng‘ir tusli, hajmi katta bo‘lib, ovqatga iste’mol qilinadi. Bundan tashqari, oq tryufel (Choiromyces meandriformis) oq qayin, tog‘ terak kabi daraxt ildizlarida mikoriza hosil qiladi. Bu zamburug‘ni ovqat iste’mol qilish mumkin.
Pleosporanamolar qabilasi – Pleosporales
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
Qabila: Pleosporanamolar – Pleosporales
Turkum: Pleospora - Pleospora
Turkum: Kukurbitariya - Cucurbitara
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning askostromasi shaklan - psevdotetsiyga o‘xshash, sharsimon yoki uzunchoq qoramtir rangda bo‘ladi. Lokullada psevdoparafizlar bo‘lib uzoq saqlanadi. Askospora ko‘ndalang bo‘g‘inlidir. Pleosporanamolar qabilasiga kiruvchi zamburug‘larning ko‘pchilik vakillari saprotrof bo‘lib, o‘simlik qoldiqlarida yashaydi. Masalan, pleospora - Pleospora turkumining vakillari o‘tchil o‘simliklarini qoldiqlarida, kukurbitariya - Cucurbitara turkumining vakillari esa, daraxt va bo‘talarning qurigan novdalarida taraqqiy etadi. Bularning askosporalari qoramtir rangda bo‘lib, stroma asos bilan tutashib psevdotetsiy hosil qiladi. Bu zamburug‘lar tuproq tarkibidagi o‘simlik qoldiqalarini chiritib, uni mineralizatsiya etishda aktiv ishtirok etadi. Pleosporanamolarning ba’zi turlari gulli o‘simliklarda parazitlik qilib, mevalarni chiritishga sababchi bo‘ladi. Masalan, venturiya – Venturia inaeguales olma daraxtida va boshqa turi V. pirina nokda "qo‘tir" kasalligini vujudga keltiradi. Bu zamburug‘lar o‘simlikning barg, novda va mevalarida yashab mevaning sifatini pasaytiradi. Zararlangan o‘simlik tanasida ko‘kish - sariq dog‘lar hosil bo‘ladi, bu dog‘lar zamburug‘ning konidiyalari bo‘lib, yoz bo‘yi sog‘ o‘simliklarni zararlaydi. To‘kilgan barglarda zamburug‘ning psevdotesiyi rivojlanib, bahorda undan askosporalar yetiladi. Askosporalar sochilib, olma va nok barglarini zararlantiradi. G‘alla ofiobolusi – Ophiobolus graminis - ko‘pincha bug‘doy, arpa ildizida yashab, ildizini chiritadi, natijada o‘simlikning bo‘toq yoyishi (novdalanishi) sekinlashib, boshoqdagi donlar puch bo‘lib qoladi. Zamburug‘ning psevdotetsiyi o‘simlikning ildiz bo‘yinchasida taraqqiy etib, tuproqda yoki o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling