«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkum: Petitsa - Peziza
- Tuber aestinum
- Petsitsiyanamolar qabilasi - Pezizales
Diskomitsetlilar guruhi.
Klassifikatsiya: Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae Guruh: Diskomitsetlilar Qabila: Petsitsiyanamolar – Pezizales Turkum: Petitsa - Peziza Turkum: Alevriya - Aleuria Turkum: Qo‘ziqorin - Morchella Turkum: Gyromytra - Smorchok Tartib: Tryufelnamolar – Tuberales Turkum: Qora fransuz tryufel - Tuber melanosperum Turkum: Yozgi tryufel - Tuber aestinum Turkum: Oq tryufel - Choiromyces meandriformis Bu guruhga kiruvchi zamburug‘ning ko‘pchiligida mevatanasi apotetsiy ochiq bo‘lib, askosporalar aktiv sochiladi. Tryufelnamolar qabilasining vakillarida mevatananing peridiya qatlami yorilgandan so‘ng askosporalar sochiladi. Petsitsiyanamolar qabilasi - Pezizales Bu qabilaga kiradigan zamburug‘larning xususiyatli belgilari shundan iboratki, mevatana - apotetsiy ochiq bo‘ladi. Mevatana ichidagi xaltachaning ustki qismi qalpoqchali bo‘lib, askosporalar yetilgandan so‘ng qalpoq ochiladi yoki yoriladi va askosporalar sochiladi. Meva tananing diametri1 mm. dan10 sm gacha kattalikda bo‘ladi. Apotetsiy shaklan taqsimchaga o‘xshash bo‘lib, meva tananing yuqori qismi botiq, yuzasidagi silindrsimon xaltachalardan tashkil topgan geminiy qatlami joylashgan. Mevatana voronkasimon, etli bir xil yoki burushgan bo‘ladi. Mevatana sariq, jigarrang, och sariq ranglardan bo‘lishi mumkin. Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning ko‘pchilik turi saprotrof bo‘lib, chirindiga boy bo‘lgan tuproqlarda ko‘proq uchraydi. Ba’zi turlari o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu qabilaga petitsa - Peziza turkumining turlari misol qilib olinadi. Bular chirindisi ko‘p va zaxroq joylarda, ariq bo‘ylarida uchraydi. Petsitsaning mevatanasi1-5 sm, etli, voronkasimon bo‘lib, o‘rmonlarda, zax tuproqda saprotrof yashaydi. Ba’zi turlari o‘rmondagi chirigan tunagaklar ustida muhitga gifalar bilan birikkan holda yashaydi. Masalan, P. violaceo - nigra shular jumlasidandir. Alevriya - Aleuria turkumga kiruvchi zamburug‘larning mevatanasi kosachasimon bo‘lib, to‘q qizil yoki to‘q sariq rangda bo‘ladi. Bularning mevatanasi 5-6 sm. kattalikda bo‘ladi. Qarag‘ayzor o‘rmonlardagi zax tuproqlarda, yo‘l va ariq bo‘ylarida ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorin - Morchella turkumiga kiradigan zamburug‘lar chirindiga boy bo‘lgan tuproqlarda uchraydi. Qo‘ziqorinlarning mevatanasi ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Ovqatga Morchella esculenta va Morchella conica turlari ishlatiladi. Meva tanasi 6 -10 sm. etli ichi bo‘sh bo‘lib, qalpoqcha va banddan iboratdir. Qalpoqchaning burushgan tashqi yuzasi geminiy bilan qoplanadi. Gyromytra - smorchok turkumining turlarida mevatana - apotetsiy, qalpoqchasi tuxumsimon yoki shaklsiz tuzilgan bo‘lib, bandi yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Qo‘ng‘ir yoki to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Bular saprotrof bo‘lib, erta bahorda namgarchilik ko‘p bo‘lgan paytlarda yerdan o‘sib chiqadi. Eng ko‘p tarqalgan vakili oddiy smorchok - (Gyromytra esculenta) dir. Bu qo‘ziqorinni umuman esa bo‘ladi. Yeyishdan oldin albatta qaynatilib, suvi to‘kiladi. Ammo so‘nggi yillarda bu zamburug‘larning apotetsiysida giromitrin degan zaharli modda borligi aniqlangan. Bu modda qaynatilgan vaqtda ham o‘z xususiyatini saqlab qoladi, shuning uchun ham ovqat sifatida iste’mol qilish organizmga zararlidir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling