Biotexnologiya


Dastur tasnifi………………………………


Download 64.12 Kb.
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi64.12 Kb.
#215067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maftuna

Dastur tasnifi………………………………..

Xulosa………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar………………....21


Informatika 60-yillarda Fransiyada elеktron hisoblash mashinalari yordamida aхborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga kеldi. Informatika atamasi lotincha “informatic” so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, tushuntirish, хabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha “informatique” (informatika) so’zi aхborot avtomatikasi yoki aхborotni avtomatik qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga “ Computer science “ (kompyutеr tехnikasi haqidagi fan) sinonimi mos kеladi.

O’z navbatida, xabar- axborot( informatsiya) ni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va hokazo ko’rinishlarda ifodalanadi. Umuman olganda, axborot- bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir.

Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorligini o’z ichiga oladi.

“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60- yillarida Fransiyada vujudga kelgan bo’lsa-da, mustaqil fan sifatida “informatika“ 40-yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va asosiyqa sohalarda asosiyqalarning umumiy prinsiplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida vujudga keldi.

Informatikaning asosiy vazifasi- axborotlarni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.

Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni keltirish mumkin:



  1. Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;

  2. Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar nеgizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi tеxnologiyani yaratish;

  3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyutеr tеxnikasi va tеxnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta'minlashni hal etish.

Informatika quyidagi masalalarni yechadi:



  • Ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;

  • Axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va tehnologiyalarni yaratish;

  • Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va tehnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tadbiq etish;

Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:

  1. Apparatli texnika vositasi;

  2. Dastur muhiti.

  3. Algoritmlar muhiti.

Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.

Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar tehnologiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’yektlarni asosiyqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini yaratish bilan shug’ullanadi.

Informatika kеng ma'noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyutеrlar va tеlеkomunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog’liq fan , tеxnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi.

Axborot bu- aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa xabarlar, kuzatishlar natijalarini o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to’g’risidagi bilimini oshirish paytida bu axborotga aylanadi. Hozirgi kunda axborot va kompyuter tehnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz,ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashinish, ularni uzatish inson faoliyatning asosiy negizini tashkil etadi.

Hozirgi kunda axborot tehnologiyasi jamiyatning jadal rivojalanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot tehnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa- da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot tehnologiyalari mavjud yangi tehnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.

Axborot tehnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil etadi. Axborot tehnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlari sohasida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot tehnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.Bugungi kunda axborot tehnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagi tehnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot tehnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish , mehmonxona hisob- kitoblari tizimlari misol bo’ladi. Yaratuvchi axborot tehnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalaniladigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

Axborot tehnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatnin gaxborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.

Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan. Axborot texnologiyasi (AT) ob’yekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va uzatish (asosiylang’ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Axborot neft, gaz, foydali qazilmalar va asosiyqalar kabi an’anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiyasi fatida qabul qilinishi mumkin.

Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti – harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob’yekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (asosiylang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Zamonaviy axborot texnologiyalari – shaxsiy kompyuterlar va telekommuniktsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do’stona interfeysli axborot texnologiyasidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:


  • Kompyuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;

  • Asosiyqa dasturiy mahsulotlar bilan integrtsiyalashlik (tutashish), o’zaro aloqa;

  • Ham ma’lumotlar, ham vazifaning qo’yilishi jihatidan o’zgarishlar jarayonlarining moslashuvchanligi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari :

  • Uslubiyat

  • Asosiy belgi

  • Natija

Axborot texnologiyalari o’ziga asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan chambarchas bog’liq. Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma’lumotlar ustidan turuvchi turli murakkablik darajasidagi operatsiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.

Zamonaviy axborot texnologiyasidan foydalanishning oqilona uslubiyati katta moslashuvchanlikka erishish, umumiy standartlarni qo’llab - quvvatlash, mahalliy axborot mahsulotlarining to’g’ri kelishini amalga oshirish, faoliyatda bir – birini takrorlashni kamaytirish va asosiyqalarni amalga oshirish imkoniyatini va iqtisodiy jihatdan yuqori unumdorlikka erishishga yo’l ochib beradi.

Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligi ko’p jihatdan qaror qabul qilishni qo’llab – quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog’liq.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan – kunga rivojlanib borishi ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda.



Misol. Topshiqlarni unda ko’rsatilgan sikldan foydalanib yozing.




Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling