Biotexnologiya va bioxavfsizlik
GMO va ulardan olinadigan maxsulotlarni biologik xavfsizlikka ta’siri
Download 355.84 Kb.
|
18 BIOTEXNOLOGIYA VA BIOXAVFSIZLIK
GMO va ulardan olinadigan maxsulotlarni biologik xavfsizlikka ta’siri
Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashni eng asosiy bosqichlaridan biri - ularni sanitariya-gigiena ekspertizasidan o‘tkazishdir. Mamlakatimizda bunday markazlarga hozircha ehtiyoj sezilgani yo‘q. Bunga asosiy sabab, yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarning yo‘qligidir. Rossiyada bu vazifani Rossiya tibbiyot akademiyasiga qarashli Oziq-ovqat instituti bajaradi. Bunday ixtisoslashgan markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya, Xitoy va h.k.) tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: birlamchi transgen o‘simliklarni kimyoviy tarkibini o‘rganish; genetik modifikatsiya qilingan o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosini va organizmda so‘rilish xususiyatlarini taqqoslab o‘rganish; ularni allergik xususiyatlarini va inson immun tizimiga ta’sirini o‘rganish; ularni zaharliligini, konserogenligini va mutagenligini o‘rganish; ularning inson va hayvonlarni avlod qoldirish xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish. Qonunlarda u yoki bu mamlakatda gen-muhandislik faoliyatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi hamda xavfsizlik tizimining asosiy vazifalari belgilangan. Masalan, Rossiyada 1996 yil 5 iyunda qabul qilingan 86 F3 sonli “gen-muhandisligi faoliyatida davlat boshqaruvi haqida” deb atalgan qonunda 4 bosqichdan iborat taxminiy xavf borligi va shuning uchun ham gen-muhandisligi bo‘yicha ish olib borayotgan xodimlar bu qonun doirasida ish yuritishga majbur ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan: Download 355.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling