Biotexnologiya va bioxavfsizlik


Download 355.84 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi355.84 Kb.
#211068
1   2   3   4
Bog'liq
18 BIOTEXNOLOGIYA VA BIOXAVFSIZLIK

To‘rtinchi bosqich - xavf inson organizmi uchun juda xavfli bo‘lib, uning ko‘rsatkichi o‘ta xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan mikroorganizmlar bilan ishlayotgan xodimlar xavfiga tengdir.

Ochiq tizim sharoitida gen-muhandisligi uchinchi va to‘rtinchi bosqich xavfiga to‘g‘ri keladi. Ushbu qonun gen-muhandislik muammolari bilan shug‘ullanadigan xodimlar oldiga maxsus talablar qo‘ygan:

  • Birinchisi - majburiy mutaxassislik, tayyorgarlik va gen-muhandislik faoliyatiga to‘g‘ri keladigan salomatlik holati;

  • Ikkinchisi - tajriba olib boriladigan xonalarni qoida talablariga to‘g‘ri kelishi;

  • Uchinchi - xavf bilan ishlaydigan ishlar uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi shart va h.k.

Qonunda gen-muhandislik maxsulotlarini standartlash va sertifikatsiyalashdan o‘tkazish bo‘yicha talablar aniqlangan. Bunday maxsulotlar ekologik xavfsizlik talablariga, sanitariya me’yorlariga, farmakologiya bandlariga hamda davlat standartlash talablariga to‘liq javob berishlari kerak.

Gen muhandislik usullari bilan modifikatsiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotlar va bu beriladigan xizmatlar albatta sertifikatlangan bo‘lishi, ular albatta sifat sertifikati va o‘xshashlik belgisiga ega bo‘lishi shart.

Biologik xavfsizlik ustidan Davlat nazorati shuningdek, genetik modifikatsiya qilingan va boshqa biologik ob’ektlardan yangi ozuqa maxsulotlari, materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish va ishlatishni ham qamrab oladi.

Chet ellarda gmo bo‘yicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi

  AQSH biotexnologiya, xususan, biomuxandislik bo‘yicha etakchi o‘rinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuxandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chiqarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikatsiya qilingan organizmlardan ishlab chiqarishda foydalanish bo‘yicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQSHda ekiladigan soyaning yarmi, makkajo‘xorining 1¤4 qismini transgen o‘simliklar tashkil etadi. AQSH genetik modifikatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.



AQSHning gen modifikatsiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari bor.

AQSHda genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uch vazirlikka, ya’ni Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi va Ekologiya vazirliklari javobgarligiga topshirilgan. Bunday organizmlarni ro‘yxatga olish yoki olmaslikni aytib o‘tilgan vazirliklarning har-biri mustaqil ravishda, bir-birlarining ishlariga aralashmasdan hal qilishlari mumkin. AQSHning Qishloq xo‘jalik departamenti (USDA), uning veterinariya va o‘simliklarni himoya qilish (APHIS) inspeksiyalari tasdiqlangan shartlar va tartiblarga binoan (notifikatsiya), genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni shtatlar orasida yuritishiga, ularni importi yoki atrof-muhitga chiqarish haqida ruxsat beradi. Bu shartlar AQSHda 1993 yilda ishlab chiqilgan va hozirgacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Download 355.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling