Biotsenoz tarkibi reja: Jamoaning funktsional tuzilish strukturasi
Download 19.37 Kb.
|
BIOTSENOZ tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turlararo munosabatlar. 1 . Biosenozda organizmlarning munosabati.
- Produtsentlar
- Redutsentlar
- 3. Yirtqichlik va parazitlikning ekologik roli .
- Biosenozda ekologik nisha tushunchasi.
BIOTSENOZ TARKIBI Reja: Jamoaning funktsional tuzilish strukturasi. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari; simbioz, mutualizm, raqobat, yirtqichlik (yirtqichlik keng ma’noda ishlatiladi). Turlararo munosabatlar. 1. Biosenozda organizmlarning munosabati. Biosenoz -bu lotin tilidan olingan so’z bo’lib, "bios" - hayot, "senoz" -umumiy, deb tarjima qilinadi. "Biosenoz" terminini nemis biologi Myobius K. tomonidan 1877-yilda berilgan. Bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashini ifodalab, bunday yashash ma’lum er yoki suv havzasida uchrashi mumkin. Biosenozdagi organizmlar o’zaro va abiotik muhitga bog’liqdir. Moddalarning aylanma harakatida qatnashishiga qarab, biosenozga kiruvchi organizmlar 3 guruhga bo’linadi: I. Produtsentlar (hosil qiluvchilar), avtotrof organizmlar bo’lib, anorganiq moddalardan organiq moddalar hosil qiladi. Bu yashil o’simliklardir. II. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo’lib, avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular uchga bo’linadi: 1-darajali konsumentlar- o’simlikxo’r hayvonlar, parazit bakteriyalar va zamburug’’lar; 2-darajali konsumenlar-o’simlikxo’r hayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar; 3 - darajali konsumentlar - superparazitlar. III. Redutsentlar . Bular tuproqdagi mikroorganizmlar bo’lib, o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, uni parchalovchi organizmlardir. Birgalikda o’suvchi va bir -biri bilan bog’liq bo’lgan organizmlar guruhi biosenoz deyiladi. Biosenozni tashkil qiluvchi o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga bo’lgan o’xshash ehtiyojlarida ifodalanadi. 2. "Biosenoz" atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, ma’lum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bug’doy dalasi biosenozi, o’tloq biosenozi, o’rmon biosenozi, va hokazolar. Bunda, birga yashashga moslashgan o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi. Biosenozdagi organizmlar bir-birlari bilan bog’liq bo’ladi. Bu bog’lanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ularning ovqatlanish yo’llarini belgilaydi. V.N.Beklemishev klassifikatsiyasiga ko’ra o’zaro bevosita va bilvosita bog’langan organizmlar orasidagi munosabatlar turt tipga bo’linadi: 1. Trofik 2. Topik 3. Forik 4. Fabrik. Trofik bog’lanishlar bir tur ikkinchi tur bilan oziqlansa (bu tirik yoki o’lik organizmlar qoldig’i bo’lishi mumkin), hayoti davomida shu yo’l bilan tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. Masalan: ninachilar har xil hashoratlar bilan ovqatlanadi, asalarilar o’simliklarning gullaridan nektar oladi, (ular o’simliklar oilan bevosita munosabatda bo’ladi), chunki o’simliklar asalarilarga ovqat tayyorlab beradi. Topik bog’lanishlar - bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash sharoitida kelib chiqadigan fizikaviy va kimyoviy o’zgarishlarga sababchi bo’ladi, Masalan: o’simliklar boshqa organizmlarga ularning hayot muhitni o’zgartish orqali ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar jamoasi er yuzida issiqlikning taqsimlanishi va mikroiqlim shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Topik va trofik bog’lanishlar biosenoz hayotida katta rol o’ynaydi va biosenoz hayotining asosini tashkil qiladi. Har xil organizmlar orasidagi bog’lanishlar mana shu topik va trofik bog’lanishlar orqali amalga oshadi va organizmlarning jamoada bog’lanishiga sabab bo’ladi. Forik bog’lanishlar - bir turning tarqalishida boshqa bir turning qatnashuvidir. Bunda asosiy rolni hayvonlar o’ynaydi. Hayvonlar yordamida o’simliklarning urug’’lari, sporalari va changlari tarqaladi. Hayvonlar o’simliklar urug’’larini passiv va aktiv yo’llar orqali tarqatishi mumkin. Passiv yo’l orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning to’satdan o’simliklarga tegib ketishi va ularning urug’’larini o’ziga yopishtirib olib beixtiyor tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan tukchali urug’’larning o’zoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo’ladi. Aktiv yo’l bilan tarqatish - bu o’simlik urug’’lari va mevalarning hayvonlar tomonidan eyilishi, hazm bo’lmagan urug’’larning chiqarishidir. Fabrik bog’lanishlarda bir tur ba’zan o’z faoliyatlarida boshqa turlar qoldiqlarini ishlatadi. Masalan, qushlar o’ziga uya qurganda daraxtlarning mayinroq shoxchalarini, sutemizuvchilarning junini, o’tlarni va barglarni ishlatadi.
1. Yirtqichlik va parazitlikning asosiy ekologik roli shundan iboratki, oziqlanish davrida hayvonlar bir-birlari bilan oziqlanib, moddalarning aylanma harakati uchun zarur sharoit yaratadi. Ma’lumki, tabiatda moddalarning aylanma harakatisiz hayot bo’lmaydi. 2. Yirtqich-tekinxo’rlik munosabatlarining ikkinchi roli shundan iboratki, shu munosabat tufayli hayvonlarning soni ma’lum bir miqdorda saqlanadi. Masalan: Arizona shtatida bo’rilarni hammasi otib tashlanganda, kiyiklar ko’payib ketib, ovqat etishmasligi natijasida kiyiklar ham qirilib ketgan. Laboratoriya sharoitida, yirtqich va o’lja bir joyda, birgalikda yashaganda, ularning miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. Eksperimental ekologiya asoschisi Gao’ze tomonidan o’tkazilgan tajribalarning birida quyidagi ahvolda qayd etilgan o’lja- tufelkalar ko’payishi bilan birga, bir vaqtning o’zida yirtqich - info’zoriyalar ham ko’payib boradi. Yirtqich info’zoriyalar tez ko’payib, eng baland nuqtaga etganda, ular o’lja-tufelkani eb tamomlaydi. Shundan keyin ovqat etishmasligi natijasida yirtqich info’zoriyalar ham o’la boshlaydi. Probirka tagida oz sonli tufelkalar qolgan qum orasida yashirinib, yirtqich info’zoriyalar o’lgandan keyin, yana ko’paya boshlaydi va hokazo. Organizmlar orasidagi munosabatlar turlicha. Kommensalizm, deb shunday munosabatga aytiladiki, bunda bir tur ikkinchisiga (kommensal uchun} ovqat tayyorlab beradi. Kommensalizm bu bir tomonlama foydalanish, ya’ni bunda bir tur ikkinchi tur tomonidan bir tomonlama foydalanadi, lekin unga zarar keltirmaydi. Kommensalizmga misol qilib daraxtlarning po’stlog’ida joylashgan epifitlarni ko’rsatish mumkin. qushlarning uyasida, kemiruvchi hayvonlarning inlarida ko’plab bo’g’inoyoqlilar yashaydi. Bu inlarda hashoratlar uyaning mikroiqlimidan foydalanadi, organiq moddalarning qoldiklarini iste’mol qilish bilan kifoyalanadi. Nepentens o’simligining ko’zachasidagi shira ichida ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydi. Ular ko’zachasiga tushgan hasharotlarni eb oziqlanadilar. Kommensalizm tabiatda zichroq yashash, resurslardan to’liq foydalanishda yordam beradi.
Bir xil ekologik talabga ega ikki tur bir jamoada uchrasa, ulardan bittasi ertami kechmi, siqib chiqariladi. Hayotda ko’p uchraydigan bunday holat konkurentlik deb ataladi. Bu qonun Gao’ze tomonidan aniqlangan. Ch.Darvin, konkurentsiya - yashash uchun kurashning asosiy shakllaridan biri, deb ta’kidlab, uning turlar evolyutsiyasida katta rol o’ynashini isbotladi. Konkurentsiyada tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashgan turlargina engib chiqadi.
O’simliklarning bir -biriga ko’rsatadigan ta’siri, ular chiqarib turadigan fiziologik aktiv moddalar orqali ham amalga oshadi. Bunday munosabat allelopatiya deyiladi (yunoncha «alleon» - o’zaro ikki taraflik va yana «patos» - qiynalish demakdir). O’simliklar fitontsidlar chiqarib turadi. Mikroorganizmlar va zamburug’’lar antibiotiklar chiqaradi. Ba’zi o’simliklar moddalar chiqarib, atrofidagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni o’ldiradi va o’z atrofida ochiq joy saqlaydi. Rabotnov bo’yicha bu fitog’ en maydon deyiladi. O’simliklar yashash sharoiti yaratadi, ya’ni ular muhitga ta’sir qilib, edifiqator-muhit yaratuvchi rolini bajaradi. Edifiqatorlar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Biosenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop - biosenozning yashash muhitidir (bu lotincha so’z bo’lib, "bios" -hayot, "topos" - yashash joyi demakdir). Er yuzidagi biosenozlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin: 1. Daraxtlar. 2. Butasimon o’simliklar va yosh daraxtlar. 3. O’tsimon o’simliklar va butachalar. 4. Moxlar. Hayvonlar ham o’rmonda har xil yaruslarni egallab, ya’ni har xil balandliklarda yashaydi. Ko’p qushlar o’z uyalarini erda quradi. Olaqush, zag’izg’on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi xillari esa daraxtlarning ustiga quradi. Har bir yarusdagi o’simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanish kuzatiladi. Jamoalar strukturasida turlarning roli bir xil emas. Bir xil turlar asosiy rol o’ynaydi, son jihatidan ustun va ular dominant deyiladi. Biosenozdagi muhit sharoitini belgilovchi turlar edifiqatorlar deb yuritiladi va ular dominantlarga kiradi. Biosenozdagi tirik organizmlar egalab turgan makon ekologik nisha deyiladi. Har bir tur o’zining ekologik nishasiga ega, u shu erda yashaydi va o’sha joydan o’z ovqatini topib eydi. Biosenozda ekologik nisha tushunchasi. Turning biologik sistemasi ichidagi biotik munosabatlari va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi turning ekologik darajasi, yashash joyi- nishasi deb aytiladi. Bu terminni 1928 yili Jozef Grinnell birinchi bor ko’llangan. Agar organizmning yashash joyi bo’lsa, uni shu erdan topish mumkin bo’ladi; ekologik joy nisha-nisha tushunchasi ancha keng, u o’z ichiga organizmning tabiiy makonini, biosenoz ichidagi funktsional rolini (masalan, trofik yoki topik) va uning muhit omillariga (yorug’lik, harorat, namlik, mineral va organiq moddalar) talbi kabi o’ziga xos yo’nalishlarni kamrab oladi. Ekologik nishaning shu tomonlarini tubandagicha aloxida-aloxida ham kurish mumkin, ya’ni: makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy-nisha; trofik nisha (turlararo alokalardagi turning yashash joyi), ko’p gomerli yoki giper xajmli nisha. Bulardan shu narsa kurinadiki, organizmning ekologik nishasida-organizm kaerda yashayotganligi va uning atrof muhitga bo’lgan umumiy talabi inobatga olinadi. Ekologik nishaning asosiy kontseptsiyasi turlar o’rtasidagi va turlar ichidagi farqni miqdor bo’yicha baxolashda katta ahamiyatga egadir. Ekologik nishaga (organizm joyiga) xarakteristika berishda nishaning eni, uzunligi va organizmning qushnilar bilan qushiladigan, aralashadigan joylari inobatga olinadi. Biosenoz ichidagi turlarning bir xil, o’hshash funktsiyaga va bir xil o’lchov nishasiga (joyiga, iqlimga) ega bulishini gildiya deb aytiladi. Xar xil jug’rofik zonalarda tur bir xil nishani (joyni) egallashiga ekologik ekvivalentlik deb aytiladi. Biz yuqorida nomini tilga olgan olim Jozef Grinnell tushunchasi bo’yicha nisha bu turning tarqalish birligini ifodalashi bilan shu joy ichida turning tuzilishi va instinktiv chegaralarini belgilaydi; bir joyda identik ekologik nishada ikki turning bulishi mumkin emas. Olimlarning fikricha, ekologik nisha bu, turning mikro yashash joyi, Yu. Odum iborasi bo’yicha makondagi nishadir, lekin, nisha-organizmning «yashash joyi» ma’nosiga organizmning trofik xususiyatini ham qushish kerak. Ekologik nishada organizmlar turli omillar bilan munosabatda bo’ladi, ularni organizm talab qiladi va ta’sirini sezadi, javob qiladi. Turning yashash joyi uning «adresi» (manzilgoxi) bo’lsa, «nisha»-turning «kasbi»dir. Turning ekologik nishasini ta’riflash uchun: u nima bilan oziqlanadi, uni nimalar, kimlar eydi, u xarakatqilishga kobilmi, u biosenozning boshqa elementlarga qanday ta’sir ko’rsatishini bilish kerak. Organizmlar nishalari bo’yicha xar xil joyda turli darajada oziqlanadi, ya’ni o’simlik ildizlari bilan (1), ildizdan ajralgan moddalar bilan (2), yaprok (3), tana va poya to’qimalari (4), urug’ va mevalari (5,6) gul va gul cha nglari (7,8), sharbati (9) va kurtaklari (10) bilan oziqlanadi. Ma’lumki, Er yuzining turli qismlarida va xar xil teritoriyalarida ekologik o’hshash turlar uchraydi. Masalan, O’rta Osiyo, Ximolay, Xindiqush yoki Avstraliya iqlimidagi o’simlik, daraxtlar va ularning biosenozlari bir-biriga o’hshashi, bir funktsiyani bajarishi mumkin, bu holat turlarning bir ekologik nishada ekanligini ko’rsatadi. Tasmaniyadagi xaltali bo’ri va Ovruponing oddiy bo’risi bir xil hayot kechiradi, bir tipda oziqlanadi va xar xil biosenozda bir xil funktsiyani(yirtqichlik)bajaradi. Hayvonlarning qishki va yozgi holatlarida ham turlicha ekologik nishalar namoyon bo’ladi. Baliqlar, qushlar, hasharotlar migratsiyasi, ularning tuxumlari, qurtlari, pillalari xar xil nishada va ular turli trofik holatda bo’ladi, suv xavzalarida uchraydigan ko’k-yashil, yashil suvo’tlarning vakillari avtotroflar bo’lib, rivojlanishning ayrim (yorug’lik yuk, fotosintez o’tmaydigan) davrlarida geterotrof holda ham oziqlanishi mumkin. Bu holda ham ikki xil ekologik nisha kuzatiladi va bu holat suvo’tlarning uchrash joyi va shu erdagi muhit omillarining o’zgarishidan kelib chiqadi. Download 19.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling