Biotsenozda organizmlar o’rtasidagi aloqalar
Download 95.3 Kb.
|
biocenoz
Mutualizm.Mutualizm- turlar o’rtasidagi ikki tomonlama foydali aloqalardir.Bunday ikki tomonlama foydali birga yashashning rivojlanish darajasi vaqtinchalik aloqalardan tortib, hayotning zarur shartigacha borishi mumkin.Hayotning zarur sharti darajasidagi ikki tomonlama foydali aloqalar simbioz deb nomlangan. Masalan, lishayniklar tanasidagi zamburug va suvo’t orasidagi aloqa, termitlar bilan ular ichagida yashovchi va kletchatkani shakarga aylantiruvchi xivchinlilar o’rtasidagi aloqa ham simbiozdir. Azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar ham o’simliklar bilan simbioz xolda yashaydi.Meva bilan oziqlanuvchi qushlar bilan o’simlik orasidagi aloqa ham mutualizmga mansub. Chunki qushlar meva bilan urugni ham yutadi va uni tarqalishiga yordam beradi. Ko’pchilik chumolilar ham o’simlikda yashab uni zararkunandalardan ximoya qilishi mumkin.
Neytralizm. Neytralizm- shunday biotik munosabatlarki, bunda ikki to’rning bir joyda birga yashashi ular uchun foydali ham zararli ham emas.Neytralizmda turlar bir-biri bilan bevosita bog’lanmagan, lekin ular biotsenozning umumiy holatiga bog’liq xolda yashaydilar.Bunday munosabatlar turlarga boy biotsenozlarda ko’p uchraydi. Amensalizm. Amensalizmda o’zaro aloqada bo’lgan turlarning birga yashashi bittasi uchun salbiy oqibatga olib kelsa, ikkinchisi uchun foyda ham zarar ham keltirmaydi.Bunday o’zaro ta’sir o’simliklarda ko’proq uchraydi.Masalan, yorug’sevar utchil o’simlik daraxt tagida o’sganda soya ta’sirida rivojlanishi qiyinlashadi. Daraxt uchun bunday birga yashashning ahamiyati yuk. Bunday munosabatlar ham organizmlar sonini boshqarilishida ishtirok etadi va turlarning taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Download 95.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling