Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


-rasm. Non daraxti va uning mevalari


Download 4.11 Mb.
bet8/10
Sana13.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1676342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom Mahmudov kurs ishi

2.2. 4-rasm. Non daraxti va uning mevalari
2.3. Tropik mintaqada uchraydigan oziq-ovqat o'simliklarning ahamiyati
Qovun daraxti, papaya - papayadoshlarga mansub doimyashil mevali daraxt. Afrika va Janubiy - Sharqiy Osiyoda ko'p tarqalgan. Balandligi 4-7m. Barglari yirik panjasimon qirqilgan 5-7 bo'lakli, uzun badli, shox-shabbasiz, tanasining uchida g'uj-g'uj o'rnashgan barglari soyabonga o'xshab osilib turadi, gullari sarg'ish-oq ikki jinsli.Mevasi sariq tusda,og'irligi. 3-6kg , uzunligi 30 sm qovunga o'xshaydi (nomi shundan). Qovun daraxti tez o'sadi lekin uzoq yashamaydi, sovuqqa chidamsiz. Tropik mintaqada o'stiriladi,Mevasi istemol qilinadi undan papain fermenti olinadi. Urug'idan ko'paytiriladi.
Mevalari bir - biridan shakli va hajmi jihatidan katta farq qilishi mumkin. Pishgan mevaning qobig'i qizil-to'q sariq ranga ega bo'lib,tanasi qizil, qalin va shirin bo'ladi odatda mevalarini 5-7 kundan ortiq saqlab bo'lmaydi.
Papayaning foydali xususiyatlari.
Papaya shirin va mazali meva bo'lib ayni paytda bu meva insonlar uchum juda yaxshi kaloriyali taomdir. 100 gramm papaya -39 kaloriyaga teng.
Papayyada oqsillar, uglevodlar, tolalar, A, B, C, D guruhlari vitaminlari shuningdek kaliy, Fosfor, temir, kalsiy, natriy va albumin fermenti mavjud. Papayya qovun kabi foydalidir sariq rangni karotin fermenti beradi deb o'ylashadi, ammo papayyada kariksantin pigmenti mevaning sariqligini ta'minlaydi.

2.3. 5-rasm. Papaya mevalari
Papayaning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan buyon e'tirof etiladi. Bu meva oshqozon uchun juda foydali, chunki uning tarkibidagi papa tananing oziq-ovqatdan eng ko'p oziqa moddalarini olishiga yordam beradi. Papayya



2.3. 6-rasm. Papaya daraxti.

sharbati ba'zan hasharotlar chaqishini davolashda va kuyishdagi og'riqlardan xalos qiladi. Papayya butun dunyoda kosmetika ishlab chiqarishda faol ravishda foydalaniladi. Bu meva terini yumshatishda ishlatiladi va papayya sharbati teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.


Papayya o'n ikki barmoqli ichak yarasi, kolit, bronxial astmada tavsiya etiladi. Ushbu meva jigarni, qon shakarini normalizatsiya qiladi. Papayya yordamida ichakni ham tozalash mumkin. U insonga kuch va tetiklik beradi. Papayya insonning oshqozonida ortiqcha kislota tasirini zararsizlantirishga qodir va shuning uchun oshqozon ekstrakti churra yoki gastiritfan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir. Bundan tashqari, homilador ayallar uchun ham tavsiya etiladi. Papayya sharbati juda foydali. Ba'zi tropik mamlakatlarda u orqa miya, me'da kasalliklari va ekzemni davolashda ishlatiladi. Lekin bu uning foydali xususiyatlari kamligidan dalolat bermaydi.
Papain tashqi kurinishlarda ham ishlatiladi: tibbiyotda -kuyish va kasmetallogiyada sochlar parvarishida ham. Sochga ta'sir qilish mexanizmi oddiy u keratinni yo'q qiladi va sochlarning zaiflashivi va ortiqcha sochlarning paydo bo'lishining oldini oladi.
Papayaning xavfli xususiyatlari.
Papayya sog'lom parhez mevasi bo'lishiga qaramasdan tanaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ayrim o'ziga xos xususiyatlarga ega. Pishmagan mevalarda papayya sharbati zararli va xavflidir pishmagan meva tarkibidagi o'simlik sharbati -latekis deb nomlangan alkaloiddan tashkil topgan bo'lib u allergiya, terining qichishi zaharlanish va qorin og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.
Tik yoki qovoq daraxti (Lotincha Tectona grandis) tropik mintaqa o'simligi hisoblanadi, turkumi -Tectonika va oilasi yalpizdoshlar (Lamiaceae) Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi muston o'rmonlarda o'sadi. Tik qimmatbaho yog'och manbai bo'lib, Osiyodan eksport qilish uchun eng muhim yog'och turlaridan biri hisoblanadi.


Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling