Mavzuning dolzarbligi. Tizimli oilaviy psixoterapiyaga asoslangan oilaviy tizimli terapiyaning maqsadi va qo’llanilish texnikasini aniqlashdan iborat. Tizimli oilaviy psixoterapiyani nazariy jihatdan o’rganish va tizimli terapiyani nima ekanligini chuqur anglab yetish orqali amaliyotda bu sistemani qo’llash bugungi kundagi dolzarbligi jihatidan yetakchi o'ringa chiqayotgan masalalardan biridir. Bugungi kunda tizimli oilaviy psixoterapiyani amaliyotga tadbiq etish orqali yosh oilalarimizda kuzatilayotgan ajralishlar sonini kamaytirish mumkinligini nazarda tutdim. .
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini bajarishdan asosiy maqsadim tizimli oilaviy psixoterapiyani nazariy jihatdan chuqur o’rganib jamiyat va oila mustahkamligini saqlashga yordam berish va ajralishlar sonini kamaytirishdan iborat.
Kurs ishining ob’yekti va predmeti : Tizimli oilaviy psixoterapiya ushbu kurs ishining ob’ekti hisoblanadi . Tizimli oilaviy nazariyaga asoslangan oilaviy tizimli terapiyaning maqsadi xususida yetakchi mutaxassis olimlar yozgan kitoblar va ilmiy maqolalar turli o’quv uslubiy majmualar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi .
Kurs ishining hajmi. Kurs ishi 40 bet, kompyuter variantda , office Microsoft word dasturida 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo’lib, tuzilish jihatidan 3 bobdan: Kirish, , Asosiy qism, Xulosalardan iborat. Mazkur ishda ta rasm bor. Rasmlar mavzu yuzasidan kerakli jarayonlarni to’laqonli anglab olishga yordam beradi.
I BOB. Tizimli terapiya va amaliy psixologiya xaqida umumiy boshlang’ich tushunchalar
1.1 Tizimli terapiya nima . kelib chiqishi va psixologiyadagi ahamiyati
Tizimli oilaviy terapiya- bu bizning davrimizda mashhur tur psixologik yordam, individual psixoterapiyadan ko'ra muammolarni ko'rish va hal qilishning boshqa usuli. Tizimli yondashuvda, odamning psixologik qiyinchiliklari oilaviy tizimning alomatlari sifatida qaraladi, ular yashirin foyda keltiradigan alohida holatlarga emas, balki butun oilaga qanday ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |