Bioximiya va sport bioximiyasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/47
Sana28.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1731327
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
Bioximiya va sport bioximiyasi UMK2

Xolestrin almashinuvi. Xolesterin biosentizida sirka kislotasining asetil-KoA shakli 
o`tmishdoshi hisoblanadi. Xolesterinning biosentiz jarayoni bir nechta bosqichlarni 
o`z ichiga olib, fermentativ reaksiya zanjirida tuzilgan. Xolesterin barcha steroid 
garmonlarning o`tmishdoshidir. Organizmdagi barcha steroidlarning asosiy qismi 
xolesterin ulishiga to`g`ri keladi. Odam to`qimalarida 140 gr atrofida xolesterin bor: 
tarqalganligi jihatidan keying o`rinda turadigan steroidlar guruhi – o`t kislotalarining 


miqdori 5 gr atrofida bo`ladi. Asab to`qimasi (miyelinli membranalar) va buyrak usti 
bezlarining po`stlog`i xolesteringa boshqalarga nisbatan juda boy. 
Xolesterin organizmda ikki xil funksiyani bajaradi: Birinchidan, u hujayra 
membranalari tarkib tuzulish qismi sifatida kiradi: Ikkinchidan, boshqa steroidlar - 
o`t kislotalari, steroid garmonlar, vitamin D3 sentizida o`tmishdosh bo`lib xizmat 
qiladi.
Xolesterin biosentizini 3 ta bosqichga bo`lish mumkin: 
1) Faol atsetatning meva kislotasiga aylanishi:
2) Meva kislotasidan skvalenning hosil bo`lishi:
3) Skvalendan xolesterin hosil bo`lishi:
Xolesterinning juda ko`pchilik qismi taxminan 80 foizi jigarda sentizlanadi; ikkinchi 
o`rinni ingichka ichak hujayralari egallaydi, organizmdagi butun xolesterinning 10 
foiziga yaqini shularda hosil bo`ladi: yana taxminan 5 foizini teri hujayralari qo`shib 
turadi. Xolesterin sentizi uchun zarur bo`ladigan fermentlar hamma hujayralarda bor. 
Odam organizmida bi kecha kunduzda sentezlanadigan xolesterinning umumiy 
miqdori 1 gr ga boradi. Odamning bir kecha-kunduzlik ovqatida2-3gr xolesterin 
bo`ladigan mahallarda uning o`z xolesterini deyarli butunlay sentizlanmay qo`yadi. 
Jigarda xolesterinning bir qismi o`t kislotalariga aylanadi. O`t kislotalarini xolat 
kislotasining unumlari deb qarash mumkin. Xolat kislota o`z holicha organizmda 
hosil bo`lmaydi. Gepatotsitlarda xolesterindan to`g`ridan-to`g`ri xenodizosixolat va 
xolat kislotalar - birlamchi o`t kislotalari hosil bo`ladi. Bularning hosil bo`lishi 
gidrokselazalar ishtirokida gidroksil guruhlarining qo`shilish reaksiyalarini va 
xolesterin yon zanjirining qisman oksidlanish reaksiyalarini o`z ichiga oladi. O`t 
ichakka ajralib chiqqanidan keyin ichak florasi fermentlari ta`siri bilan birlamchi o`t 
kislotalaridan letoxolat va dezoksixolat kislotalar, ya`ni ikkilamchi o`t kislotalari 
hosil bo`ladi. Bular ichakdan so`rilib vena qoni bilan jigarga boradi keyin esa, o`tga 
tushadi. Ichak mikroorganizmlari 20 ga yaqin har xil ikkilamchi o`t kislotalarini hosil 
qiladi, lekin sezirarli miqdorlarda faqat dezoksi xolat kislota bilan kamroq darajada 
letoxolat kislota so`riladi, qolganlari axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. O`tda 
asosan kon`yugatsiyalangan, ya`ni glitsirin yoki taurin bilan birikkan o`t kislotalari 


bo`ladi. Glitsirin yoki taurin qoldig`iga ega yon zanjir gidrofil bo`ladi, shu bilan bir 
vaqtda molekulaning ikkinchi uchi gidrofobdir. O`tdagi o`t kislotalari 
konsentratsiyasi taxminan 1 foizga teng: o`tda fosfolipidlar xolesterin (0,5 %) hamda 
billirubin, oqsillar, meniral tuzlar ham bo`ladi. Bioximyaviy jihatdan qaraganda
arterosklerozning asosiy ifodasi arteriyalar devorlarida xolesterin to`planib, o`tirib 
qolishidir. Aterosklerotik o`zgarishlar arteriyalar ichki yuzasida lipid dog`lari va 
yo`llari paydo bo`lishidan boshlanadi. Aterosklerozning eng xavfli va ko`p uchrab 
turadigan asorati yurak eshimiya kasalligi, miokard infarkti, insult xamda buyrakka 
aloqador gepertaniya formalarining barchasi – oyoqlar gangrenasidir. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling