Bir bosqichli kompressor. Kompressor yuritmasi uchun ishni aniqlash Real kompressordagi siqish jarayonlari
Download 181.88 Kb.
|
Bir bosqichli kompressor. Kompressor yuritmasi uchun ishni aniql
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bir bosqichli kompressor
1 – MAVZU: BIR BOSQICHLI KOMPRESSORLAR. KO’P BOSQICHLI KOMPRESSORLAR. Reja Bir bosqichli kompressor. Kompressor yuritmasi uchun ishni aniqlash Real kompressordagi siqish jarayonlari Ko’p bosqichli compressor 1. Bir bosqichli kompressor Turli xil gazlarni siqish uchun mo’ljallangan mashinalarga kompressor deyiladi. Kompressorlar hozirgi zamon texnikasida keng qo’llaniladi. Ular kimyo sanoatida, mashinasozlik, metallurgiya, temir yo’llarida, aviatsiya, gaz turbinali qurilmalarda, sovitish mashinalarida va hokazolarda ishlatilib kelinmoqda. Barcha kompressorlarni konstruktsiyasiga va ishlash printsipiga ko’ra ikki guruhga ajratish mumkin: porshenli va turbinali (markazdan qochma). Kompressorlarning tuzilishi va ularda siqish printsiplari turlicha bo’lishiga qaramasdan ularda siqishning termodinamik jarayonlari bir xil bo’ladi. Kompressordagi jarayonlar bir hil tenglamalar bilan ifodalanadi. SHuning uchun kompressorlardagi jarayonlarni o’rganish va tahlil qilish uchun bir bosqichli kompressorni ishini ko’rib chiqamiz. Kompressor (1.1-rasm) silindr 1 va krivoship-shatunli mexanizm orqali elektrodvigatelg’ bilan bog’langan porshen 2 dan iborat. 1.1-rasm Silindr qopqog’ida so’rish 3 va haydash 4 klapanlari joylashgan. Kompressorda ish valning bir aylanishida yoki porshenni ikki marta yurishida amalga oshadi. Porshenning o’ng tomonga yurishida so’rish klapani ochiladi va silindrga ishchi jism-gaz so’riladi. Porshenning teskari yurishida so’rish klapani bekiladi va gaz kerakli bosimgacha siqilib rezePvuarga haydaladi. Shundan so’ng, yana yuqoridagi jarayonlar takrorlanadi. Ohirgi bosim haydash klapani o’rnatilgan prujina orqali boshqarilib turiladi. Kompressorlarning termodinamik hisoblashdan maqsad 1 kg gazni siqish uchun sarflangan ishni va dvigatelg’ yuritmasining quvvatini aniqlashdan iborat. Nazariy bir bosqichli kompressorni quyidagi shartlar asosida ko’rib chiqaylik: - Silindrning geometrik hajmi ishchi hajmga teng (bo’shliq xajm yo’k); - Porshenni silindr devori bo’ylab harakatlanishida ishqalanish yo’k, yahni ishqalanishga ish sarflanmaydi; - Gazning tslindrga so’rilishi va uni rezervuarga haydash o’zgarmas bosimda amalga oshadi. Kompressorning nazariy indikator diagrammasi 1.2-rasmda tasvirlangan. Download 181.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling