Bir cho‘michli ekskavator Reja
Download 74.14 Kb.
|
Bir cho‘michli ekskavator deb, siklik (davriy) ishlaydigan, tupr
Bir cho‘michli ekskavator Reja: Bir cho‘michli ekskavatorlar Bir cho`michli ekskavatоrlar yordamida yer qazish Ekskavatоr va unga mоs kеladigan transpоrtning turlarini tanlashga ta’sir ko`rsatuvchi оmillar. Bir cho‘michli ekskavator deb, siklik (davriy) ishlaydigan, tuproq qazuvchi o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat: muayyan konstruksiyali va sig‘imli yakka cho‘michi bilan tuproq-gruntni massivdan ajratib olib, bo‘shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki transport vositasiga bo‘shatadi. Тuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir cho‘michli ekskavatorlar bilan bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorning ish sikli quyidagi operatsiyalardan iborat: cho‘michni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi grunt qatlamini kesib olib cho‘michni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib, cho‘michni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; cho‘michni bo‘shatish va platformani burib, bo‘shagan cho‘michni zaboyda to‘xtatish. Odatda har qaysi sikl ekskavatorning o‘zini yurgizmasdan bajariladi. Zaboyning mazkur qismi qazib bo‘lingandan keyingina, ya’ni cho‘mich bilan gruntni olish mumkin bo‘lmay qolganda ekskavator boshqa joyga quriladi. Ekskavator gruntni kovlaydigan va uni tashiydigan ish organidan, yurish qismidan, barcha mexanizmlarni harakatga keltiruvchi kuch ustanovkasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari o‘rnatiladigan, mahkamlanadigan hamda buriladigan tayanch-burilish qurilmasidan va ekskavatorni boshqarish tizimidan tuzilgan. Bir cho‘michli ekskavatorlar vazifasiga, ish jihozlarining turiga, cho‘michining sig‘imiga, kuch ustanovkasining tiрiga, platformasining burilish burchagiga, boshqarilish turiga va yurish qurilmasining tiрiga qarab xillarga ajratiladi. Platformasining burilish burchagiga ko‘ra ekskavatorlar to‘liq buriladigan va to‘liq burilmaydigan xillarga bo‘linadi. Ish jihozi gorizontal tekislikda (planda) 360° burila oladigan ekskavatorlar to‘liq buriladigan ekskavatorlar deb ataladi. Bunday ekskavatorlarning burilish platformasiga kuch ustanovkasi va ish jihozi montaj qilingan bo‘ladi. Ish jihozi planda 270°dan ortiq burilmaydigan mashinalar to‘liq burilmaydigan ekskavatorlar deyiladi. Ish organining osilish tiрiga qarab, egiluvchan qilib va bikir qilib osilgan ish jihozlari bo‘ladi. Egiluvchan qilib osishda ish organi strelaga kanatlar vositasida, bikir qilib osishda esa dasta vositasida osib qo‘yiladi. Qo‘llaniladigan ish jihozlarining miqdoriga ko‘ra universal, yarim universal va maxsus ekskavatorlar bo‘ladi. Konstruksiyasi har xil turdagi ish jihozlaridan ko‘p miqdorda foydalanishga imkon beruvchi mashinalar universal ekskavatorlar deb ataladi.Yarim universal ekskavatorlar deb, cheklangan miqdordagi ish jihozlaridan foydalanadigan mashinalarga aytiladi. Faqat bir turdagi ish jihoziga ega bo‘lgan ekskavatorlar mashinalarning maxsus guruhiga taalluqlidir. Bu guruhga odimlovchi draglaynlar, tunnel qazuvchi ekskavatorlar va ochuvchi ekskavatorlar kiradi. Download 74.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling