Bir cho‘michli ekskavaтorlar


Download 1.61 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1569933
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turdiyev Sardor mustaqil ishi

Qo‘llaniladigan ish jihozlarining miqdoriga ko‘ra universal, yarim universal va maxsus ekskavatorlar bo‘ladi. Konstruksiyasi har xil turdagi ish jihozlaridan ko‘p miqdorda foydalanishga imkon beruvchi mashinalar universal ekskavatorlar deb ataladi.Yarim universal ekskavatorlar deb, cheklangan miqdordagi ish jihozlaridan foydalanadigan mashinalarga aytiladi. Faqat bir turdagi ish jihoziga ega bo‘lgan ekskavatorlar mashinalarning maxsus guruhiga taalluqlidir. Bu guruhga odimlovchi draglaynlar, tunnel qazuvchi ekskavatorlar va ochuvchi ekskavatorlar kiradi. Universal ekskavatorlarda asosan gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli yurish qurilmalari qo‘llaniladi. Gusenitsali yurish jihozi bitta yoki bir nechta gusenitsa aravachalaridan tashkil topadi. Botqoq joylarda va bo‘sh gruntlarda ishlash uchun gusenitsalari kengaytirilgan maxsus konstruksiyadagi aravachalardan foydalaniladi. Gusenitsali yurish qismining afzalligi shundaki, uning gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi katta emas, shuning uchun ekskavatorlarning o‘tuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Gusenitsali ekskavatorlarning harakat tezligi 3—4 km/soat dan oshmaydi.

Pnevmog‘ildirakli ekskavatorlar nisbatan yuqori tezlikda harakatlanishi bilan ajralib turadi. Biroq gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi kattaligi uchun ularning o‘tuvchanligi cheklangan. Cho‘michining sig‘imi 0,15 dan 4 m3 gacha bo‘lgan universal qurilish ekskavatorlari sanoat, uy-joy va melioratsiya qurilishida ishlatishga mo‘ljallangan. Cho‘michining sig‘imi 2 dan 8 m3 gacha bo‘lgan karyerbop gusenitsali ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun ishlatiladi. Cho‘michining sig‘imi 6 m3 dan oshadigan gusenitsali ochuvchi ekskavatorlar strelasining uzaytirilganligi bilan farq qilib, tog‘-kon sanoatida ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi gruntni kovlab, uni belgilangan joyga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Cho‘michining sig‘imi 6–100 m3 li odimlovchi maxsus ekskavatordraglaynlardan ham yuqorida aytilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bir cho‘michli ekskavatorlarda mexanizmlarni harakatga keltirish uchun asosan dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi. O‘rnatilgan dvigatellar soniga ko‘ra ekskavatorlar bitta dvigateldan va ko‘p dvigateldan yurgiziladigan harakat dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma tizimlar vositasida uzatiladi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling