Kalla ichi bosimi (kib) yoki bosh ichi bosimi oshishi


Download 130.85 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi130.85 Kb.
#1361573
  1   2   3
Bog'liq
KALLA ICHKI BOSIMI OSHISHI SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, DAVOLASH


Kalla ichi bosimi (KIB) yoki bosh ichi bosimi oshishiintrakranial gipertenizya, xalq orasida cherepnoy davleniya — ko’plab odamlar duch keladigan xavfli holatdir. Ushbu kasallik bolalarda ham, kattalarda ham uchrashi mumkin. Ayollar erkaklarga qaraganda ushbu xastalik bilan ko’proq kasallanishadi. Afsuski, ba’zida kalla ichi bosimining ko’tarilishi belgilari e’tiborga olinmaydi, bu esa qayg’uli oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun kattalar va bolalarda ushbu kasallikning belgilari va uni davolash tamoyillarini yaxshi bilish kerak. Cherepnoy davleniya so’zi rus tilida внутричерепное давление so’zidan kelib chiqqan va birinchi, xato bo’lgan nomi bilan xalq orasida ommalashgan. Aslida biz yanglishib kasallik deb hisoblaydigan «cherepnoy davleniya» hammada bo’ladi, huddi arterial qon bosimi singari. Uning mavjudligi emas, balki me’yordan oshishigina kasallik sanaladi. Quyida kasallik tafsilotlari haqida.
Maqolada tibbiyot sohasida mutaxassis bo’lmaganlarga tushunarli bo’lishi uchun «bosh ichi bosimi», «cherepnoy davleniya» so’zlari ishlatilishi mumkin. Aslida ushbu kasallikning to’g’ri atalishi «kalla ichi bosimi«, «kalla suyagi ichi bosimi» yoki «intrakranial gipertenziya» hisoblanadi.
YUQORI KIB SABABLARI
Nima uchun kalla suyagi ichidagi bosim oshadi? Bu hodisa turli omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Ammo ko’p hollarda yuqori KIB kalla ichidagi bo’shliqdan orqa miya suyuqligining qayta oqishi buzilishi bilan bog’liq.
Birinchidan, kalla ichi bosimi yoxud cherepnoy davleniya nima ekanligini tushunish foydalidir. Bosh suyagi ichida juda ko’p sonli asab hujayralarigina mavjud deb o’ylamaslik kerak. Unda bundan tashqari ko’p miqdorda orqa miya suyuqligi yoki likvor deb ataladigan suyuqlik o’rin egallaydi (o’ndan bir qismi va undan yuqori). Ushbu suyuqlik asosan kalla suyagi ichida, uning markazida joylashgan qorinchalarda bo’ladi. Shuningdek, suyuqlikning bir qismi miyaning yumshoq va araxnoidal qobiqlari orasidagi bo’shliqda aylanib yuradi. Likvor orqa miya kanalida ham mavjud.

Download 130.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling