Kalla ichi bosimi (kib) yoki bosh ichi bosimi oshishi


L ikvor bajaradigan vazifalar turlichadir. Ularning ba’zilari quyidagilar


Download 130.85 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi130.85 Kb.
#1361573
1   2   3
Bog'liq
KALLA ICHKI BOSIMI OSHISHI SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, DAVOLASH

L ikvor bajaradigan vazifalar turlichadir. Ularning ba’zilari quyidagilar:

  • Miya to’qimasining suyaklarga urilish ta’siridan himoya qilish;

  • Suv va elektrolit muvozanatini ta’minlash;

  • Miyadan zararli moddalar va toksinlarni chiqarib tashlash.

Yana bir muhim narsa — suyuqlik miqdori bosh suyagi ichidagi bosim ko’rsatkichini belgilaydi. Orqa miya suyuqligining bir qismi (2/3 dan ortig’i) bevosita miya qorinchalarida hosil bo’ladi, qolgan qismi bosh miya sohasida aylanib yurgan qondan hosil bo’ladi. Likvor bir haftada to’liq yangilanadi.
Kalla ichi bosimi, odatda, millimetr simob ustunida yoki millimetr suv ustunida belgilanadi. Kattalar uchun me’yoriy ko’rsatkichlar 3-15 mm. sim. ust.ni tashkil qiladi. Fizika nuqtai nazaridan, bu ko’rsatkich suyuqlik bosimi atmosfera bosimidan necha millimetr oshib ketishini ko’rsatadi. Bolalarda bosh ichi bosimi odatda kattalarnikiga qaraganda ancha past bo’ladi. Miya sohasida aylanib yuradigan likvor miqdori me’yordan oshib ketsa, bu holda odatda mos ravishda kalla ichi bosimi ham oshadi.
KIB`ning 30 mm. sim. ust. dan yuqori bo’lishi ko’pincha miya to’qimalarining tiklab bo’lmas shikastlanishi va hatto o’limga olib keladi.
Aynan shuning uchun odamlar KIB darajasini bilishlari muhim. Ammo buni qanday o’lchash mumkin, chunki arterial qon bosimini o’lchashdan farqli o’laroq, cherepnoy davleniyani uy sharoitida o’lchab bo’lmaydi. Kalla suyagi ichidagi bosimni aniqlash uchun odatda statsionar sharoitida amalga oshiriladigan maxsus instrumental usullar qo’llaniladi. Shu bois, ko’pincha «kalla ichi bosimining oshishi» tashxisidan shubha qilishning s ababi kasallikning xarakterli alomatlari hisoblanadi.
Kalla ichi bosimning oshishida tez-tez kuzatiladigan alomatlar quyidagilardir:

  • Bosh og’rig’i;

  • Ko’rish buzilishi;

  • Bosh aylanishi;

  • Tarqoqlik;

  • Xotiraning yomonlashishi;

  • Uyquchanlik;

  • Qon bosimining beqarorligi (gipertoniya yoki gipotoniya);

  • Ko’ngil aynishi;

  • Qusish;

  • Holsizlik;

  • Tez charchash;

  • Ko’p terlash;

  • Varaja qilish;

  • Qo’zg’aluvchanlik;

  • Depressiya;

  • Kayfiyatning tushib ketishlari;

  • Terining yuqori sezuvchanligi;

  • Umurtqa pog’onasi sohasidagi og’riqlar;

  • Nafas olish buzilishi;

  • Hansirash;

  • Mushaklar parezi.

Agar sizda ushbu alomatlardan ba’zilari vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadigan bo’lsa, tabiiyki, bu kalla ichi bosimi oshganligining dalili emas. Kalla suyagi ichidagi bosimning oshishi boshqa kasalliklar alomatlariga o’xshash bo’lishi mumkin.
Kasallikning eng keng tarqalgan belgisi bosh og’rig’i hisoblanadi. Migrendan farqli o’laroq, yuqori KIB`da og’riq faqatgina bir sohani emas, butun boshni qamrab oladi. Og’riq ko’pincha tonggi yoki tunggi paytda kuzatiladi. Ular boshni burganda, yo‘talganda, aksa urganda kuchayadi. Og’riq qoldiruvchi vositalar qabul qilish og‘riqni bartaraf etishga yordam bermaydi.
Bosh ichi bosimi oshishining tarqalganlik bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi alomati — ko’ruv buzilishlari: tasvirning ikkilanishi, predmetlarning tiniq ko’rinmasligi, periferik ko‘ruvning pasayishi, ko’rmay qolish xurujlari, ko‘z oldida tuman, yorug‘likka reaktsiyaning kamayishi hisoblanadi. Yuqori KIB`ning bu alomatlari ko’z asablarining qisilishi bilan bog’liq.
Yuqori KIB ta’siri ostida shuningdek ko’z olmasining shakli ham o’zgarishi kuzatiladi. U shu darajada oldinga bo‘rtib chiqishi mumkinki, bunda bemor hatto qovoqlarini to’liq yopa olmay qoladi. Bundan tashqari, ko’z ostida to’lib ketgan kichik venalardan iborat ko’kimtir aylanalar paydo bo’lishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi va qayt qilish — yuqori kalla ichi bosimining tez-tez kuzatiladigan yana bir belgisi. Qoida tariqasida, qayt qilish bemorga yengillik keltirmaydi.
Shuni inobatga olish kerakki, kalla ichi bosimi qisqa muddatga (2-3 marta) sog’lom odamlarda ham ko’tarilishi mumkin, masalan yo’talganda, aksa urganda, egilishlar, jismoniy zo’riqishlar, stress va boshqalarda. Ammo bunda KIB tezda me’yorga qaytishi kerak. Agar bunday bo’lmasa, bu kalla ichi bosimining surunkali oshishidan dalolat beradi.
Mazkur tashxis qo’yilgan bo’lsa nima qilish kerak? Agar kalla ichi bosimi oshishi ikkilamchi jarayon bo’lsa, birinchi navbatda birlamchi kasallik — ateroskleroz, gipertenziya, osteoxondroz, gormonal muvozanat buzilishini bartaraf etish kerak. Biroq yuqori kalla ichi bosimining simptomatik terapiyasi ham o’ta muhim.
Yuqori cherepnoy davleniya aniqlanganda davolash shifokor tomonidan belgilanishi kerak. Kasallikni davolashning bir nechta usullari mavjud. Ular konservativ va xirurgik turlarga bo’linadi.
Surunkali yuqori kalla ichi bosimi, noto’g’ri tushunchalar keng tarqalganligiga qaramasdan, progressiyaga moyil bo’ladi. Tegishli terapiyasiz kasallik nogironlikka olib keluvchi og’ir asoratlar qoldirishi mumkin.

Download 130.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling