Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Download 132.47 Kb.
bet1/31
Sana22.10.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1715295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


BIR HUJAYRALILAR KENJA DUNYOSI SISTEMATIKASI
Bir hujayrali hayvonlarning tanasi bitta hujayradan tashkil topgan, ko'pchiligi mikroskopik kattalikdagi organizmlardir. Hamma hujayralar singari bir hujayralilar ham hujayra qobig'i, sitoplazma va uning ichida joylashgan bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlardan tashkil topgan. Lekin bir hujayralilar tirik organizmlar uchun xos bo'lgan mustaqil moddalar almashinuvi, harakatlanishi, ta'sirlanish va ko'payish xususiyatiga ega bo'lishi bilan ko'p hujayralilarning alohida olingan bitta hujayrasidan farq qiladi. Bir hujayralilar sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Sitoplazmaning tashqi tiniq qavati ektoplazma, ichki donador qavati endoplazma deb ataladi. Hamma hujayra organoidlari ana shu endoplazmada joylashgan. Bir hujayrali hayvonlar hamma tirik organizmlar kabi erkin harakatlanish, ta'sirlanish, oziqlanish va ko'payish xususiyatiga ega. Bir hujayralilarga 40 mingga yaqin tur kirib, ular sarkomastigoforalar, sporalilar, infuzoriyalar va boshqa tiplarga bo'linadi.

TRIPANASOMA VA LEYSHMANIYALAR
Hayvonsimon xivchinlilar (Zoom astigina) sinfi vakillari asosan, yakka holda yashaydi. Ular barcha hayvonlar singari geterotrof oziqlanadi. Hayvonsimon xivchinlilar sinfi orasida chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiradigan turlari bilan bir qatorda odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan turlari ham bor. Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin holda yashaydi. Ko‘pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urugMga kiruvchi. turlari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligida va boshqa organlarida parazitlik qilib, ogMr kasalliklami keltirib chiqaradi. Tripanosomalaming tasmaga o ‘xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo‘naladi. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalaming quyidagi turlari ancha yaxshi o 4rganilgan:

Download 132.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling