Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Kiprikli infuzoriyalar sinfi


Download 132.47 Kb.
bet18/31
Sana22.10.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1715295
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi

Kiprikli infuzoriyalar sinfi
Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko'pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlar: tanasining kattaligi 30-40 mkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroqbo'ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan. Pellikula ikki qavatli bo'lib, har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil topgan. Pellikula sirti o'zaro tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo'g'on tolalar yordamida juda ko'p katakchalarga bo'lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga о 'xshab o'rab turadi. Katakchalaming shakli har xil, tufelka infuzoriyasida ular olti burchakli asalari kataklariga o'xshaydi (21-rasm). Tolalar tayanch skelet o'mida infuzoriya tanasining muayyan shaklini belgilab beradi. Infuzoriyalar kipriklarining ultrastrukturasi xivchinlarga o'xshash bo'ladi. Kipriklar ektoplazmada joylashgan kinetosom a (bazal tanacha)lardan boshlanadi. Elektron mikroskopdakiprikning ko'ndalang kesimini markazida ikkita yakka, chetlarida esa 9 juft fibrillalar (tolachalar) borligi aniqlangan. Qo'sh fibrillalar kinetosomaga o'tgandan keyin uchta bo'lib qoladi. Kiprikchalar lokomotor funksiyasini bajaradi. Hujayra sirtida joylashgan kiprikchalar eshkakchalarga o'xshab bir tomonga sinxron silkinishi natijasida tufelka suzib ketadi. Tufelkaning bir xil uzunlikdagi kipriklari tana sirtida bir tekis bo'lib joylashgan. Boshqa infuzoriyalaming kipriklari tananing ayrim joylarida to'p-to'p bo'lib joylashadi yoki o'zaro yopishib, ancha yirik va kuchli lokomotor apparatni hosil qilishi mumkin. Agar kipriklar 1-2 qator bo'lib qo'shilgan bo‘Isa, to'lqinlanuvchi parda, ya’ni membrana yoki membranella (pardaning uzunligiga qarab) hosil qiladi. Bir-biriga yaqin turgan kipriklar mo'yqalamga o'xshab yopishib sirrihosil qiladi. Og'iz teshigi atrofidagi kipriklar ixtisoslashib ozig‘i og‘iz teshigiga haydovchi apparat - og ‘izoldi membranasini hosil qiladi. Ayrim parazit infuzoriyalar oziqni tana sirti bilan shimib oladi. Aksariyat hamma infuzoriyalaming oziqlanishi ancha murakkab tuzilgan ovqat hazm qilish organoidlarining faoliyati bilan bog'liq. Eng sodda tuzilgan. Infuzoriyalar (Prorodon, Holophrya avlodi) og'iz teshigi sitostom tanasining oldingi uchida joylashgan. Og'iz atrofidagi kipriklar ixtisoslashmagan; tanadagi boshqa kipriklar bilan bir xilda bo'ladi. Boshqa infuzoriyalarda og'iz teshigi tanasining yon (qorin) tomoniga o'tadi vaperistom deb ataluvchi maxsus og'izoldi chuqurchasi tubida joylashgan. Og'iz teshigi ektoplazma bilan endoplazma chegarasida joylashgan halqum (sitofarinks) va u orqali endoplazma bilan bog'langan. Og'iz teshigi atrofidagi kipriklar ko'pincha bir-biri bilan yopishib, maxsus membranalami hosil qiladi

Download 132.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling