Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Infuzoriyalar tipi-> Kiprikli infuzoriyalar sinfi->1.Teng kipriklilar kenja sinfi. 2.Doira kipriklilar kenja sinfi. 3.Spiral kipriklilar kenja sinfi


Download 132.47 Kb.
bet19/31
Sana22.10.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1715295
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi

Infuzoriyalar tipi-> Kiprikli infuzoriyalar sinfi->1.Teng kipriklilar kenja sinfi. 2.Doira kipriklilar kenja sinfi. 3.Spiral kipriklilar kenja sinfi

So'ruvchi infuzorilar sinfi.
So‘ruvchi infuzoriyalar o'troq yashovchi o ‘nlab yirtqich turlardan iborat. Ular yakka yoki koloniya boiib yashaydi. Biron substratga maxsus poyacha orqali yopishib oladi. Bir qancha infuzoriyalar substratga poyachasiz yopishib yashaydi. So‘ruvchi infuzoriyalaming yetuk davrida hech qanday kiprikli apparati, og‘zi, halqumi bo‘lmaydi. Deyarli hamma turlari oljasini so‘rish uchun xizmat qiladigan maxsus paypaslagich o ‘simtalarga ega. Yaqindan suzib o‘tayotgan hayvon (xivchinlilar yoki boshqa infuzoriyalar) yirtqichning paypaslagichiga tegib ketsa, unga yopishib qoladi. Shundan so‘ng boshqa paypaslagichlar ham oija tomonga egiladi. 0 ‘lja tanasidagi suyuqlik paypaslagichlar nayi orqali yirtqich tanasiga oqib o‘tadi. Voyaga yetgan so‘ruvchi infuzoriyalaming yadrosi ikki xil boiadi. Jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya tipida sodir boiadi. Ko‘payish davrida infuzoriyalaming kipriklari paydo boiadi. Yuqorida kursatilgan belgilar ulaming infuzoriyalar tipiga mansub ekanligini isbotlaydi. So ‘ruvchi infuzoriyalaming jinssiz ko‘payishi kurtaklanish orqali boradi. Avval tanasining bir uchida bo'rtiqcha shaklida bitta yoki bir nechta kurtakcha paydo boiadi. Kurtakchaga makronukleusning bir qismi va bitta mikronukleus o‘tadi. Mikronukleus bir necha marta mitoz yo'li bilan bo'linadi. Shundan keyin har bir kurtakcha ona organizmidan ajraladi va kiprikchalar hosil qilib, suzib ketadi. So'ruvchi infuzoriyalaming daydi davri kiprikli infuzoriyalarga o'xshab ketadi. Ayrim so'ruvchi infuzoriyalardakurtak ona organizm ichida hosil bo‘lfi.di. Rivojlanib chiqqan yosh infuzoriyalar (daydilar) kipriklar yordamida birmuncha vaqt suzib yuradi. So'ngra biron substratga yopishib, poyacha hosil qiladi; kipriklarini yo'qotib so'ruvchi paypaslagichlar hosil qilgach, o'tpoq hayot kechirishga o'tadi.

Parzit infuzoriylar
Infuzoriyalaming bir qancha turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ayniqsa, ixtioftirius (Ichthyopthirius multifillis) katta ahamiyatga ega. Parazit zog'ora gulmohi, do‘ngpeshona, oq amur baliqlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Baliqlami infuzoriyaning tomitlapu - (suvda yashaydigan juda mayda (20-30 mkm) “daydi” stadiyasi) zararlaydi. Bir necha kun ichida parazit teriosti to'qimasi hujayralari hisobida oziqlanib tez o ‘sadi. Uning kattaligi 0,5-1 mm.ga yetgach, teridan suvga chiqadi. Bir qancha vaqt o'tgach, parazit suv tubiga cho'kib sistaga aylanadi. Parazitning tanasi sista ichida ko‘p marta ketma-ket bo'linish natijasida 2000 ga yaqin juda mayda kiprikli yosh infuzoriyalar - daydilar paydo bo'ladi. Daydi stadiyasida infuzoriyalar sistani tashlab chiqadi va boshqa baliqlarni zararlaydi. Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog'ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko'plab qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlodiga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko'payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi. Odamning yo'g'on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balantidium coli) uchraydi. Infuzoriyatuxumsimon shaklda oldingi tomonida og'izoldi chuqurchasi tubida og'iz teshigi joylashgan. Infuzoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko'pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og'ir qonli ichburug' paydo qilishi mumkin. Balantidiy odatda cho'chqalaming ichagida ko‘p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo‘l orqali odam ichagiga tushadi va to‘g ‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi.


Download 132.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling