Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Bo'shlig'ichlilarning jinsiy ko'payishi


Download 132.47 Kb.
bet29/31
Sana22.10.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1715295
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi

Bo'shlig'ichlilarning jinsiy ko'payishi
Gidroid meduzalar faqat

jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va suvdaurug'lanadi. Ayrim gidropoliplar koloniyasi polimorf bo'ladi; ya’ni ularda gidrant meduzadan tashqari kurtaklanish orqali nematoforlar ham bo'ladi. Nematoforlarning paypaslagichlari va og'zi bo'lmaydi, lekin juda ko'p otuvchi hujayralari bo'ladi. Ular himoya funksiyasini bajaradi. Urug'langan tuxum hujayra to ‘liq bir tekis bo 'linib, blastula hosil qiladi. Blastuladan ikki qavatli gastrulaning hosil bo'lishi odatda migratsiya orqali sodir bo'ladi. Bunda blastulaning keyingi qutbidagi hujayralaming bir qismi blastula bo'shlig'i - blastotselga ko'chib o'tib, uni asta-sekin to'ldiradi. Rivojlanishning bu davrida lichinka g'ovaktanlilaming parenximulasiga o'xshab ketadi. Keyinchalik blastula bo'shlig'idagi ayrim hujayralarning yemirilishi tufayli gastrula bo'shlig'i shakllanadi. Bu davrda bushliqichlilar lichinkasi planula deyiladi. Planula oval shaklda bo'lib, tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha vaqt suzib yurib, kiprigini yo'qotadi va suv tubidagi narsalarga yopishib oladi. Uning endodermasida gastrula bo'shlig'ining shakllanishi oxiriga yetadi. Lichinkaning tovoniga qarama- qarshi tomonida og 'iz teshigi va uning atrofidapaypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o'sib, kurtaklanish orqali ko'payish natijasida yangi koloniyani hosil qiladi. Shunday qilib, gidroid poliplaming hayot siklida, tuzilishi va ko 'payishiga binoan bir-biriga o'xshamaydigan ikki nasli: o'troq pohp va erkin yashovchi meduza davrlari gallanadi. Polip faqat kurtaklanib ko'payadi va meduzalami hosil qiladi. Meduzalar esa jinsiy ko‘payish orqali yangi poliplami hosil qiladi. Har xil usulda ko'payadigan organizmlar hayot siklida

jinssiz va jinsiy nasllarining to‘g ‘ri tartibda gallanshi metagenez deyiladi.

Ko'pchilik gidroidlar hayotida yuqorida ta’kidlab о ‘tilganidek jinssiz


Download 132.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling