Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


va jinsiy nasllari takrorlanib turadi. Ayrim gidroidlar hayotiy siklida meduzoid nasli yo'qolib ketadi. Bunday xollarda meduzalar koloniyadan ajralib


Download 132.47 Kb.
bet30/31
Sana22.10.2023
Hajmi132.47 Kb.
#1715295
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi

va jinsiy nasllari takrorlanib turadi. Ayrim gidroidlar hayotiy siklida meduzoid nasli yo'qolib ketadi. Bunday xollarda meduzalar koloniyadan ajralib

ketmasdan blastostilda qolib, jinsiy hujayralami hosil qiladi. Bir qancha

gidropoliplarda meduzalar о ‘z shaklini tamoman yo ‘qotib, jinsiy hujayralar

bilan to'lgan xaltaga о ‘xshab qoladi. Shunday qilib, dastlab xaqiqiy erkin

yashovchi nasldan iborat bo'lgan meduzalar, asta-sekin o'zgarib koloniyaning jinsiy hujayralar hosil qiladigan organiga aylanadi. Ayrim gidroidlarda nasi almashinuv teskari tomonga yo'nalgan bo'lishi mumkin. Bunday turlarning meduza nasli gidroid naslidan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida hayot kechiruvchi turlari (Trachylida turkumi) ham bo'ladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil qiladi

Sifonoforalar
Sifonoforalar - suv yuzasida yoki suv yuzasi yaqinida suzib yuradigan, koloniya bo‘lib yashovchi poliplar. Ular odatda suvi iliq dengizlarda tarqalgan. Ttazilishi va ekologiyasi. Sifonoforalar koloniyasi polimorf bo‘lib, uzunligi 1 -2 sm dan 2-3 m gacha yetadi. Tuzilishiga ko ‘ra sifonoforalami ikki guruhga ajratish mumkin. Bir xil sifonoforalar koloniyasida individlari asosiy poya bo ‘ylab joylashgan bo ‘lib, umumiy gastrovaskulyar nay orqali o‘zaro tutashgan. Boshqa sifonoforalaming asosiy poyasi qisqargan bo ‘lib, individlar poyaning pastki kengaygan uchida joylashgan. Ko ‘pchilik sifonoforalar koloniyasining ustki qismida maxsus pufak - pnevmatofor bo‘ladi. Pnevmatofoming yuqori qismi gazga to'lgan, pastki qismida gaz ishlab chiqaradigan bezlar joylashgan. Ba’zi sifonoforalar pnevmatoforida juda yirik ochilib yopiluvchi teshikchasi bor. Koloniya suv yuzasida suzib yurganida pnevmatofor teshigi yopiq, uning ichi gazga to ‘lgan bo ‘ladi. Pnevmatofor siqilganida undan gazlar chiqib ketib, koloniya suvga cho‘kadi. Suv yuzasida doim suzib yuradigan koloniyalarning pnevmatofori yirik, teshikchasi bo'lmaydi, pnevmatofor bo‘shlig‘i mezogleya to'siq bilan bir necha qismga ajralgan bo'lib, suv yuzasiga chiqib turadi. Pnevmatofor ustida S- ga o'xshash egilgan “yelkani” bor. Bunday sifonoforalar shamol yordamida suzib yuradi. Portugaliya kemachasi fizaliya (Physalia) pnevmatofori qizg'ish rangli, uzunligi 20-30 sm ga yetadi. Pnevmatofor ostida (agar u bo'lmaganida koloniyaning eng yuqori qismida) suzuvchi qo 'ng 'iroqlar - nektoforlar joylashgan. Nektoforlar meduzalarga o'xshash, lekin ulaming og'iz teshigi va xartumi bo'lmaydi. Meduzalarga o‘xshab nektoforlar soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya astasekin suzadi. Fizaliya va boshqa shamol va suv oqimi orqiali suzib yuradigan sifonoforalaming nektoforlari bo'lmaydi. Koloniyaning boshqa individlari nektoforlardan pastroqda koloniya poyasi bo'ylab g'uj bo'lib kormidiylar joylashgan. Har bir kormidiy oziqlantiruvchi individ gastrozoid, arqoncha, sucmozoud, ya’ni palponlar, paypaslagichlar, qoplovchi plastinka - qopqoqcha va jinsiy individ gonozoiddan iborat. Gastrozoidlar - og'izli, lekin paypaslagichsiz polipchalardan iborat. Ulaming og'iz teshigi gastral bo'shliqka ochiladi. Hamma gastrozoidlar bo'shlig'i koloniya tanasidagi nay orqali o‘zaro tutashgan bo'ladi.


Download 132.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling