Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
O'zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi
Download 132.47 Kb.
|
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
O'zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi
0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida zoologiya sohasidagi dastlabki tadqiqotlar kishilar sog‘ligini saqlash uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar tayyorlash bilan bog'liq bo‘lgan. XI asming buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) o ‘zining tibbiyot sohasidati asarlarida 101 xil hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘g‘risida yozib qoldirgan. Olim o ‘zining “Hindiston” (1030) asaridakarkidon, fil, kiyik, delfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Ayniqsa, uning delfinlar tanasining tuzilishi, ulami tovush orqali o ‘zaro munosabatda bo‘lishi, karkidonning tuzilishi va tarqalishi to‘g ‘risidagi ma’lumotlari e’tiborga loyiq. Abu Ali ibn Sino (980-1037) о ‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odamlaming ichagida parazidik qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va ulami davolash to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumodar keltiradi. Olim ularning turlarga ajratib “katta va uzun qurt”, “dumaloq qurt”, “qovoq urug'iga o'xshash qurt”, “mitti qurt” deb ataydi. Qovoqsimon qurt, mitti qurt (kichik zanjirsimon) tushunchalari zoologiyaga oid asarlardahozirham saqlanib qolgan. Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” risolasi yirik falsafiy asar bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika, astronomiya, mantiq, ilohiyotga oid ma’ lumodar ham keltirilgan. Olimning tabiiy fanlarga oid ilmiy ishlari K. Linneyga ham ma’lum bo'lgan. Ana shu boisdan ham K. Linney o‘zi tasvirlagan o'simliklardan biriga “Avitsenna” (Ibn Sino) deb nom bergan. Hayvonot dunyosi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Bobuming (1483-1530) shoh asari “Bobumoma”da ham keltirilgan. Asarda Bobur hukmronlik qilib turgan Hindistonda uchraydigan 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to'g'risida yozib qoldirilgan. “Bobumoma”da keltirilgan hayvonlar yashash muhitining xususiyatlariga ko'ra quruqlik hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hozirgi 0‘rta Osiyo, shu jumladan 0‘zbekiston hayvonot dunyosini o'rganishga uzoq davr mobaynida juda kam e’tibor berilganligini ko'rsatadi. Bu sohadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asming ikkinchi yarmida N. A. Seversov boshlab berdi. U o'z sayoxatlarida Oral dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshan va Pomir tog'lari hayvonlari va tabiatini o'rgandi. O'rta Osiyo hayvonot dunyosini o'rganishda tabiatshunos olim A. P. Fedchenkoning xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871 yillarda Oloy va Zarafshonda o'tkazgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi (asosan hasharotlar)ni o'z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kolleksiya to'pladi. Uning birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000 dan ortiq hayvon turi yig'ildi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi. A. P. Fedchenko birinchi bo'lib О 'zbekistonda, xususan Samarqanddarishtaningbiologiyasini o'rganadi. A. P. Fedchenkoning zamondoshi V. F. Oshanin (1844-1945) Oloy vodiysi, Zarafshon va Turkiston tizma tog 'lari va Pomir tabiatini tekshiradi; Amudaryoning yuqori qismida tarqalgan hasharotlami о 'rganadi. U “Turkiston chala qattiq qanotlilar faunasining zoogeografiyasi” (1891) kitobida 700 dan ortiq hasharotlar turi haqida ma’lumot beradi. V. F. Oshaninning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi. O'rta Osiyo hayvonlarini o'rganish XX asming boshlarida, ayniqsa, jadal sur’atlar bilan olib borildi. Asrimizning 20 va 30-yillarida O'rta Osiyo hududida yashovchi aholi o'rtasida keng tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Buning uchun zoologiya fani oldiga parazit va kasal tarqatuvchi hayvonlarni o'rganish vazifasi qo'yildi. Shu maqsadda O'rta Osiyo bo'ylab bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi, N, I. Xodukin (1896-1954), L. M. Isayev (1868-1964) bezgak chivinlarini о 'rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishadi. L. M. Isayev tashabbusi bilan O'zbekistonda bezgakni tadqiq etuvchi stansiyalar va tabiiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. Olim rishta parazitini о ‘rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi. 0 ‘sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar 50-yillarda O'rta Osiyoda bezgak kasali va rishtani batamom tugatish imkonini berdi. Download 132.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling