Bir hukmdorning yoshgina go’dagi olamdan o’tdi
Download 19.7 Kb.
|
Omonat
Omonat Bir hukmdorning yoshgina go’dagi olamdan o’tdi. Podshoh bundan ko’p g’am chekdi. Kunduzlari mahzun yurib, tunlari ko’z yosh to’kdi. Bir kuni uning yoniga fuqarolardan biri keldi va dedi: – Ey shohim! Bir kishi menga bir necha vaqt oldin qimmatbaho javharni omonatga bergan edi. Men esa uni shuncha vaqt saqladim. Bu vaqt mobaynida uni doim yonimda olib yurdim. Yonimda bo’lganida, uni silaganimda yuragimda rohat hissini yutardim. Unga juda o’rganib qoldim. Lekin u kishi bir necha kun oldin kelib javharni mendan olib ketdi. Sizga shikoyat bilan keldim. Men u javharsiz juda qiynalyapman, egasiga ayting, uni menga qaytarib bersin, – dedi. Podshoh hayron qolib: – Esing joyidami, qanday qilib men javharning haqiqiy sohibiga uni omonatga bergan odamingga qaytarib ber, deyman. Axir javhar uniki-ku. Uning narsasini olishidan sening g’am chekishing bu ahmoqlik, – dedi. Haligi kishining yuziga tabassum yugurib dedi: – Alloh ham sizga farzand nomli omonat bergan edi. O’zi xohlagan vaqtida omonatni qaytarib oldi. Sizning egasi olgan narsa uchun kuyinishingiz ham aqldan emas... ***
gini bilishi kerak. O’zini mulkning asl sohibi emas- ligini aqliga singdirmog’I lozim. Download 19.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling