Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi


Download 17.62 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi17.62 Kb.
#248538
1   2   3
Bog'liq
diktantlar to`plami

YANGI HOVLI
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko'chasida joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingiz bilan besh xonali uyga ko'zingiz tushadi. Uyning tomi to'q qizil rangga bo'yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi ko'zingizni oladi. Uyning yerto'lasi ham bo'lib, u yerda sabzavot va boshqa mahsulotlar saqlanadi.

Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning xonamizga guldor gilam to'shalgan. Ikkita karavot qo'yilgan. Karavotlarda chiroyli ko'rpa va yostiqlar bor.



Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko'zingizni quvnatadi. Daraxtlar tagiga qo'yilgan kattagina so'rida yoz oylarida miriqib dam olish mumkin. (85 ta so`z)

NINACHI

Dunyoda eng ko'p ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanligini bilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yo'lbars deb o'ylarsiz. Boshqa birovlar ayiq yoki bo'ri deb hisoblar. Ba'zilar bunday jonivorlar qatoriga filni ham qo'shishar. Ammo bularning birortasi ham to'g'ri emas. Dunyoda eng ko'p ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agar uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bo'lganida edi, birdaniga bitta sigirni yeb qo'ygan bo'lar edi. Bitta ninachi shuncha zararli hasharotni yo'q qilsa, o'nlab, yuzlab ninachilarning tabiatga, odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin. Bu bilan ninachi tabiat qo'riqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda ninachiga o'xshagan foydali jonivorlar ko'p. Ularni asrash hammamizning vazifamizdir. (104 ta so`z)
Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling