"Bir millatning uyg‘onishi "


"Ha" yoki "Yo'q" demang o'yini


Download 22.53 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi22.53 Kb.
#1011257
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzuga oid

"Ha" yoki "Yo'q" demang o'yini
✅ Ushbu o'yin o'quvchilar diqqatini va savol berish qobilyatini rivojlantiruvchi o'yin hisoblanadi. O'yin tezkor savol - javob tarzida o'tkazilishi kerak!
❌ O'yinda berilgan savollarga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin emas. Bularning o'rniga o'quvchi shu javobni boshqa so'zlar bilan tasvirlashi lozim.
🔹 Taqiqlangan so'zlarni ishlatgan va savolga javob berolmagan o'quvchi yutqazgan hisoblanadi. O'yinda ko'p va murakkab savollar ham berilishi kerak. Bu diqqat - e'tiborning ochiq sinovidir!
💁‍♀ Savollarga misollar:
- Bugun nonushta qildingizmi?
- Sizning soch turmangiz sizga yoqadimi?
- Bugun darsga kechikmadingizmi?
- Kino sizga yoqadimi?
- Qaysi gullarni yoqtirasiz va qaysi birini yoqtirmaysiz? Nima uchun?

Qaror qabul qilish: Dekart kvadrati
🧠 Inson miyasi muammoning faqat bir tomoniga qattiq eʼtibor berib, boshqa jihatlarini eʼtibordan chetda qoldirishi juda oddiy hol. Bu esa noto‘g‘ri qaror qabul qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
✅ Buning oldini olish uchun psixologlar Dekart kvadratidan foydalanishni tavsiya etishadi. Uning mohiyati shundaki, quyidagi 4 savolga javob berish orqali muammo yoki vaziyatga turli tomondan baho beriladi:
1. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima foyda topasiz? (Ijobiy qarorning foydalari)
2. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima foyda topasiz? (Salbiy qarorning foydalari)
3. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima zarar ko‘rasiz? (Ijobiy qarorning zararlari)
4. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima zarar ko‘rasiz? (Salbiy qarorning zararlari)

Darsni interaktiv va qiziqarli tarzda o'tkazish uchun 5 ta layfxak
1. Samarali boshlash muvaffaqiyat kalitidir.
Darsni har doim g'ayrioddiy va qiziqarli tarzda boshlang. Aynan shu daqiqada siz nostandart usullardan "to'liq" foydalanishingiz mumkin. Masalan, uy vazifasini zerikarli so'rov o'rniga, blits-turnir, mini-test o'tkazing, musobaqa tashkil qiling. Agar mavzu yangi bo'lsa, unda siz darsni ushbu mavzu bo'yicha qiziqarli faktlar bilan boshlashingiz mumkin.

Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling