"Bir millatning uyg‘onishi "


Download 22.53 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi22.53 Kb.
#1011257
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzuga oid

3. "Chapaqay" qo'l mashqi
🤚 Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan yana biri “chapaqay” qoʻl mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun oʻng qoʻlni, oʻnaqaylar uchun esa chap qoʻlni koʻproq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning faolligi kuchayadi va xotira yaxshilanadi.
Sayohat metodi orqali dars o‘tish
Sinfda darslar odatda bir xil tarzda o‘tiladi. O‘qituvchi sinfga kiradi va odatdagidek o‘tgan mavzuni so‘raydi. Aniqki 60% dan ortiq o‘quvchilar vazifani bajarishmagan. Bu esa kundan kunga takrorlanaveradi. Yangi mavzu esa odatiy tarzda shunchaki tushuntirib beriladi. Bu usul bilimi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishidan qat’iy nazar sifatsiz dars o‘tishidan darak beradi.
Bugungi sizga aytmoqchi bo‘lgan metodimiz orqali siz darsingizni shunchalik qiziqarli o‘tasizki, eng passiv o‘quvchini ham darsga 100% jalb eta olasiz.
Xo‘sh, sayohat metodi nima o‘zi?
Sayohat metodi barcha fan o‘qituvchilariga to‘g‘ri keladi. Bu metod orqali dars mobaynida o‘tgan yangi mavzuyingizni o‘sha darsning o‘zida o‘quvchilar yodlab olishi mumkin.
Buning uchun siz, avvalo o‘quvchilarga dars boshlanishidan oldin, “bugun sizlar bilan darsimizda sayohat uyushtiramiz” deyishingiz kerak. So‘ngra, bugungi darsingizni bir nechta qadamlarga bo‘lgan holda tartiblashtirib chiqasiz.
Birinchi qiladigan ishingiz:
— O‘tmoqchi bo‘lgan mavzuyingizdan eng kerakli 20 ta qoida yoki faktlarni belgilab oling;
— Ushbu 20 ta ma’lumotlarni alohida qog‘oz kartochkalarga yozing;
— Sayohat metodiga o‘tishdan oldin mavzuni qisqacha tushuntiring.
Ikkinchi qiladigan ishingiz:
— Sayohat metodini o‘quvchilaringizga tushuntiring:
Maktabingiz atrofi, maktab yonidagi dukon, yoki maktabdagi karidor, sinflar va.h. Ushbu obyektlarni bir marta eslatib o‘ting. So‘ngra mavzu yuzasidan beligilab olgan 20 ta eng muhim qoida yoki mavzuga kerakli va o‘quvchilar yodlashi kerak bo‘lgan malumotlarni o‘quvchilarga tarqatib chiqing.
Keyingi qiladigan ishingiz 20 ta ma’lumotni har birini o‘quvchilaringizni turg‘azib maktabning biror obyektiga tasavvurida joylashtirishsin. Har bitta ma’lumotni ma’lum bir obyektga biriktirib bo‘lishganidan keyin har bir o‘quvchini navbati bilan turgizib, masalan, aytishingiz mumkin: “Xo‘sh, Hoshimjon sinfdoshing Shaxnoza "mana bu ma’lumotni maktabning qayeriga joylashtirdi?” - kabi. Keyin esa teskarisiga so‘raysiz. “Xo‘sh, Mana bu joyda qaysi ma’lumot bor edi o‘quvchilar?” So‘ngra ”barcha obyektlarni kim eslab qoldi? Qani kim hammasini aytib bera oladi?” deb so‘raysiz.
Demak, sayohat metodi orqali siz yangi mavzuga aloqador ma’lumotlarni o‘quvchilarga osonlik bilan o‘sha darsning o‘zida yodlata olasiz. Eng asosiysi o‘quvchilaringiz mavzuni qanday qilib yodlab olishganini bilmay qolishadi.Yuqoridagi usullarni albatta qo‘llab ko‘ring! Samarali o'qituvchi bo'lish juda qiyin, chunki har bir o‘quvchi o'ziga xosdir, ammo o'qitish strategiyasidan foydalangan holda o'z sinfingizni o‘quvchilar uchun dinamik va motivatsion muhitga aylantirishingiz mum

Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling