Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari 1
Download 401.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari 1. Alohida kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Kartochkalar yahshilab aralashtirilgach, tavakkaliga to’rttasi olinadi va ketma-ket qator qilib teriladi. Hosil bo’lgan sonlar 1, 2, 3, 4 dan iborat bo’lishi ehtimolini toping. 2. Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar olinadi. Olingan ikkala sharning ham qora bo’lish ehtimolini toping. 3. Ulug'bek, Karim va yana 10 kishi kutubxonada kitob olish uchun navbatga turdi. Ulug'bek bilan Karim o'rtasida navbatda turganlar soni roppa-rosa beshta bo'lish ehtimolini toping. 4. Domino qutisidan (28 dona) tavakkaliga yettita tosh olindi. Olingan toshlar ichida hech bo'lmaganda bittasi olti ochkoli tosh bo'lishi ehtimolini toping. 5. Mehmonxonaga o'n kishi keldi (ichida Hasan va Husan ham bor). Ular ikkita uch kishilik va bitta to'rt kishilik xonaga joylashtirildi. Mehmonlarni necha usul bilan joylashtirish mumkin? Agar A Hasan va Husanning bitta to'rt kishilik xonaga tushib qolishi hodisasi bo'lsa, uning ehtimolini toping. 6. O'tgan yilgi chempionatda sovrindor o'rin olgan to'rt komanda bu yilgi yigirmata komanda ichida birinchilik uchun qatnashmoqda. Agar hamma komanda beshtadan qilib, jami to'rtta guruhga ajratilgan bo'lsa, quyidagi hodisalarning ehtimolini toping. A= {birinchi va ikkinchi guruhga sovrindorlar tushmagan}, B= {har bir guruhga bittadan sovrindor tushgan}. 7. Yangi o’quv yilining birinchi kuni 1- kursiga kelgan talaba 10 ta fandan tuzilgan dars jadvalidagi fanlarni tavakkaliga topishga harakat qilmoqda. Kunlik dars jadvali 3 ta fandan tashkil topgan. Ixtiyoriy fanning dars jadvaliga tushishi ehtimoli bir xil ekanligini hisobga olgan holda, talabaning 3 ta fanni to’g’ri topish ehtimolini aniqlang. 8. P ta o’q otar quroli bo’lgan Zenit batereyasi bir – biriga bog’liqmas ravishda T ta samolyotga qarata o’qni otmoqda. Barcha o’q otar qurollarning bitta samolyotga qarata o’q otish ehtimolini toping. 9. 5 ta radiostanstiyaga ma’lum bir paytda 6 ta radio to’lqinida ishlashga ruhsat berilgan. Har bir radiostanstiya to’lqinni tavakkaliga tanlaydi. Quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping: A ={hamma radiostanstiyalar bir paytda ishlaganda hech bo’lmaganda 2 ta to’lqin bir – biriga mos kelmaydi}; B = {har xil radio to’lqinlaridan foydalaniladi}. 10. 3 ta 1-kurs, 5 ta 2-kurs va 7 ta 3-kurs talabasi fakultet talabalar kengashiga nomzod hisoblanadi. Ular orasidan tavakkaliga 5 talaba bo’lajak konferenstiyada ishtirok etish uchun tanlandi. Quyidagi hodisalarning ehtimolini toping: A = {faqat 3- kurslar konferenstiyada ishtirok etadi}; B = {hamma 1- kurs talabalari konferenstiyada ishtirok etadi}; C = {konferenstiyada bitta ham 2- kurs talabasi ishtirok etmaydi}. Download 401.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling