Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari 1
Download 401.57 Kb. Pdf ko'rish
|
18.
To’rtta o’q uzishda kamida bitta o’qni nishonga tegishi ehtimoli 0,9984 ga teng. Bitta o’q uzishda nishonga tegizish ehtimolini toping. 19. Ikki mergandan har birining o’qni nishonga tegizishi ehtimoli 0,3 ga teng. Merganlar navbat bilan o’q uzadilar, lekin har biri ikkitadan o’q uzadi. Birinchi bo’lib nishonni mag’lub etgan mergan mukofot oladi. Merganlarning mukofot olishlari ehtimolini toping. 20. Qurilma o’zaro erkli ishlaydigan ikkita elementni o’z ichiga oladi. Elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda 0,05 ga va 0,08 ga teng. Qurilmaning buzilishi uchun kamida bitta elementning buzilishi yetarli bo’lsa, qurilmaning ishlamay qolish ehtimolini toping. 21. Uchta to’pdan otishda snaryadning nishonga tegishi ehtimoli mos ravishda p 1 0,3; p 2 0,5; p 3 0,8 . Nishon yakson qilinishi uchun bitta snaryadning tegishi kifoya bo’lsa, uchta to’pdan bir yo’la otishda nishonning yakson qilinishi ehtimolini toping. 22. Kutubhona javoniga tasodifiy tartibda 15 ta darslik terib qo’yilgan bo’lib, ulardan 5 tasi muqovali. Kutubhonachi ayol tavakkaliga 3 ta darslik oladi. Olingan darsliklarning hech bo’lmaganda bittasi muqovali bo’lishi ehtimolini toping. 23. Ikkita birgalikda bo’lmagan A , A hodisalarning har birining ro’y berishi ehtimoli mos ravishda 0,3 va 0,8 ga teng. Bu hodisalardan faqat bittasining ro’y berishi ehtimolini toping. 24. Yashikda 14 ta qizil va 6 ta ko’k tugma bor. Tavakkaliga 2 ta tugma olinadi. Olingan ikkala tugmaning bir hil rangli bo’lishi ehtimolini toping. 25. Tetraedrning uchta tomoni mos ravishda qizil, sariq va yashil rangga buyalgan bo’lib, to’rtinchi tomoni esa shu har uchala ranga buyalgan bo’lakchalardan iborat. Agar tetraedr tavakkaliga tashlanib, Q, S va Y lar uning mos ravishda qizil, sariq va yashil rangdan iborat tomoni bilan tushishi hodisalari bo’lsa, u holda bu hodisalarning juft-jufti bilan erkli, lekin to’plamiy bog’liq ekanligini isbotlang. 26. Mavjud n ta kalitdan faqat bittasi berilgan eshikka tushadi (eshikni ochadi). Bu eshikni ochish uchun roppa-rosa k ta kalit (k teng? 27. Talaba darsdan so’ng uyiga bir-biriga bogliq bo’lmagan holda har 20 minutda keladigan yunalishli taksida yoki har 30 minutda keladigan avtobusda ketishi mumkin. Bekatga yetib kelgan talabaning 5 minut ichida uyiga jo’nab ketishi ehtimolini toping. 28. Samolyot uchta turli qismdan iborat: uchuvchilar xonasi va dvigatel, yoqilg’i idishi hamda bulardan boshqa qismlar. Samolyot urib tushirilishi uchun uning 1- qismiga bir snaryadning, 2- qismiga ikki snaryadning va 3- qismiga uch snaryadning tegishi yetarlidir. Samolyotga otilgan snaryad har gal bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda uning turli qismlariga tegishi mumkin. Agar snaryadning samolyotga tekkanligi ma'lum bo’lsa, u holda snaryadning samolyotning k - qismga tegish ehtimoli mos ravishda p k ga teng. Samolyotga qarata snaryad otildi. Agar A={samolyotga 3 ta snaryad tegdi} hodisasi, B={samolyot urib tushirildi} hodisasi bo’lsa, u holda P (B) shartli ehtimollikni toping. 29. Mavjud 20 ta jamg’arma bankidan 10 tasi shahardan tashiarida joylashgan. Tekshirish uchun tasodifiy ravishda 5 ta bank tanlandi. Tanlangan banklardan: a) 3 tasining; b) hech bo’lmaganda bittasining shahardan tashiarida joylashgan jamg’arma bank ekanligi ehtimoli qanday? 30. Musobaqada ishtirok etayotgan 16 ta futbol komandasi qur`a tashlash yo’li bilan ikki guruhga (8 tadan) ajratildi. Ikkita kuchli komandaning a) turli guruhlarga; b) bitta guruhga tushishi ehtimolini toping. 31. {1, 2, ..., n} raqamlar to’plamidan qaytarib solinmasdan tavakkaliga uchta raqam olingan. Agar birinchi olingan raqam ikkinchi olingan raqamdan kichik ekanligi ma'lum bo’lsa, u holda uchinchi olingan raqam avvalgi olingan ikki raqam orasidagi raqam bo’lishi ehtimolini toping. 32. Kuzatishlarga ko'ra, agar ma'lum bir davr oralig’ida aksiyaga qo'yilgan foiz stavkasi kamaytirilsa, uni bozordagi narxining oshishi ehtimoli 0,8 ga teng bo'ladi. Shu davr oralig’ida foizi stavkasining belgilangan me`yordan kamayish ehtimoli esa 0,4 ga teng bo'ladi. Bu ma'lumotlar asosida bir vaqtning o'zida ham foizi stavkasining kamayishi, ham aksiya narxining oshishi ehtimolini toping. Download 401.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling