Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi
Download 486.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMaqolaga sharx - Ibrohimov H
- Bu sahifa navigatsiya:
- 810/22 Guruh talabasi Ibrohimov Hayitmirza Qaxramon o‘g‘li
Mohinur QUDRATULLAYEVA
, “Bir million dasturchi” maqolasiga Sharh Yurtimizda farzandlarimizni kuchli, bilimli aqlli va zukko, jaxon standartlariga talab beradigan bilimli yoshlar bo‗lib tarbiyalanishida yurtimizda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta‗lim va ta‗limga zamonaviy yondashuv ta‗lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish hozirgi davr talabidir. Yurtimizda qo‗yilgan o‗quv maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlash bugungi kunda biz pedagoglarning oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biridir. Hozirgi kunda maqsadimiz va istaklarimiz uchun turli dasturlash tillarini o‗rganishimiz kerak. Yurtimizda umum ta‗lim maktablarimiz zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan to‗liq jihozlangan. Hozirgi kunda ta‗lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish kundan –kunga ortib bormoqda. Bunday bo‗lishning sabablaridan biri shu vaqtgacha an‗anaviy ta‗limda o‗quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa, zamonaviy tehnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topish va mustaqil o‗rganish, fikrlash, tahlil qilish hatto yakuniy hulosalarni ham o‗zlari keltirib chiqarishga o‗rgatadi. O‗qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi , shakllanishi bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan birga boshqaruvchilik funksiyasini rivojlantiradi. Yurtimizda AITI sohasi kundan kunga rivojlanib bormoqda. Maktablarimizda o‗quvchilar informatika darslarini chuqur o‗rganib, amaliy va nazariy tarzda o‗rganib kelmoqda. AITI Parklar, o‗quv markazlari tashkil etilmoqda. Ko‗plab loyihalar ishlab chiqilib o‗quvchilarni bilimlarini rivojlantirish ularning inteluktual solohiyatlarini oshirish yo‗lida ko‗plab musobaqalar, startap loyihalar tashkil etilmoqda. ―Bir million dasturchi‖ loyihasi ham shular jumlasidandir. Mart oyining yakuniy holati bo‗yicha respublika miqyosida uzbekcoders.uz portali orqali ro‗yxatdan o‗tib, ―Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida tastartaplim olayotganlar soni 200 ming nafardan ziyodni tashkil etdi. ―Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‗i bo‗yicha yuqori natijalarni ko‗rsatgan Karmana tumanidagi 2-maktab hamda Qo‗ng‗irot tumanidagi 39-maktabga O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‗asi — ―Spark‖ avtomobili topshirildi. Aytish joizki, dasturiy mahsulot va raqamli xizmatlarni taqdim etish uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularni ichki hamda tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion ishlanmalarni rag‗batlantirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Shu ma‗noda, O‗zbekiston Hindistonning axborot va texnologiya kompaniyalari bilan birgalikda dasturiy ta‗minotni ishlab chiqish, startaplarni jadallashtirish bo‗yicha qator loyihalarni yo‗lga qo‗ydi. Texnika va kommunikatsiya asrida insonlarning dunyoqarashi, fikri kun sayin o‗zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularni hayratlantirish, turmush tarzini butkul o‗zgartirib yubora oladigan loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashyapti. Buning asosiy sabablaridan biri, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‗y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‗lishidir. Shunga ko‗ra, sohada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda ijodkorlik, kreativlikni yanada rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalar ularning iste‗dodi, ixtirolari hamda g‗oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim rol o‗ynaydi. Yaqindagi chiqqan Prezident qarori bilan AITI sohasida o‗qiydigan yoshlarga ta‗lim kreditlari ajratilishi haqida hukumat qarori 79-son 27.02.2023 yil bilan iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ta‗lim kreditini moliyalashtirish jamgarmasi hisobidan nodavlat ta‗lim tashkilotlarining o‗quv kurslarida ta‗lim olayotgan talabalarga ta‗lim kreditlari ajratish tartibi to‗grisida nizom tasdiqlandi. Bu esa biz talabalarga yanada ko‗proq imkoniyatlar yaratadi. Biz talabalar esa berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yanada o‗z ustimizda ishlashimiz talab etiladi. 810/22 Guruh talabasi Ibrohimov Hayitmirza Qaxramon o‘g‘li Download 486.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling