Bir Million O'zbek Dasturchilari
Download 1.81 Mb.
|
1mln
019-yilning 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Katta Majlislar Zalida "Bir Million O'zbek Dasturchilari" loyihasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo'yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy, Birlashgan Arab Amirliklari sun'iy intellekt texnologiyalari vaziri Umar bin Sulton al-Olama, O'zbekistonda Respublikasi Xalq Ta'limi Vaziri Sherzod Shermatov, O'zbekistonda Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov, O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirok etishdi. "Bir Million O'zbek Dasturchilari" - "One Million Uzbek Coders" loyihasi Birlashgan Arab Amirliklari Dubai Future Foundation fondi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko'magida ushbu loyiha tashkil etilgan. Loyiha maqsadi, o'zbek tilidagi onlayn platforma kurslari orqali o'zbek yoshlariga axborot texnologiyalarini o'rgatish, yosh dasturchilar yetishtirishdir. Onlayn platformada 4 ta'lim yo'nalishi bo'yicha kurslar tashkil etiladi, bular: Android dasturlash; Full-Stack Development; Frontend Development; Ma'lumotlar tahlili. Bu kurslarda o'qish 120 soatni tashkil etilishi rejalashtirilgan bo'lib, har bitta bosqich yakunida o'quvchilar uy ishlari va laboratoriya ishlarini bajarib, onlayn topshirishadi. Va bunda ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi. Onlayn kurslar 2012-yilda Amerikaning Stenford Universiteti axborot texnologiyalari, dasturlashni keng rivojlantirish uchun tashkil etilgan Udacity kompaniyasi o'quv kurslari asosida tashkil etiladi. Ya'ni u yerdagi kurslar o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'ladi. Ushbu onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar, Udacity platformasidagi boshqa 100 dan ortiq Nanodegree dasturlarida ta'limni davom ettira olishadi. Buning uchun kurslarni tamomlaganlaridan so'ng, yakuniy bitiruv imtohonlarini muvaffaqiyatli topshirishlari va iloji boricha yuqori ball to'plashlari kerak bo'ladi. Eng yuqori ball to'plagan 150 ta bitiruvchiga grantlar beriladi. Nanodegree dasturlarini tugatgandan so'ng, Udacity diplom topshiradi. Nanodegree diplomlari Amerikaning Autodesk, Salesforce, Google, AT&T va dunyoning boshqa yirik gigant kompaniyalari tomonidan tan olinadi va bitiruvchilar bilimlariga qarab ishga olinishlari mumkin. Bu loyiha birinchi bor Birlashgan Arab Amirliklarida "One Million Arab Coders" nomi ostida ishga tushirilgan edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir qancha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. Shudan hamkorlik va kelishuvlardan biri "One Million Arab Coders" loyihasini O'zbekistonda ham yo'lga qo'yish bo'yicha edi. Shu kelishuvlar asosida ushbu ta'lim platformasi ishga tushirildi. Shunga o'xshash loyiha bundan avval dunyoning ba'zi davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasida ham yo'lga qo'yilgan edi. Inhada bo'lib o'tgan ushbu loyiha ochilish marosimi doirasida panel muhokoma tashkil etilgan bo'lib, ushbu muhokamani quyida tomosha qilishingiz mumkin. Loyiha haqida
Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling