Bir nafar faol talabaga tavsifnoma


Download 8.85 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.85 Kb.
#1520941
Bog'liq
tavsifnoma


BIR NAFAR FAOL TALABAGA TAVSIFNOMA
Jizzax davlat pedagogika universiteti Biologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Norqulova Fotimaga
T A V S I F N O M A
3-kurs 220-20 guruh talabasi Norqulova Fotima guruhda faol talabalardan biri bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va semestr yakunlarini ham faqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida botanika, umumiy pedogogika, xorijiya til, genetika evolyutsion ta’limot, biologiya o‘qitish metodikasi fanlariga juda qiziqadi va “Yosh biologlar” to‘garagining faol a’zosi.
Norqulova Fotima universitet va guruh jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, 220-20-guruhda 1-kursdan buyon guruh faoli. Guruh talabalari bilan inoq, guruhdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha tyutoriga yordamchi, guruh talabalarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi.
Norqulova Fotimaning faolligini hisobga olib, universitet ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Faxriy yorliq” lar va og‘zaki tashakkurnomalar olishga erishgan. Men ham kelajakda Norqulova Fotimaning jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.


Amaliyotchi magistrant. N.Yu.Berdiqulova
18.05.2023 - yil
BIR NAFAR PAST O‘ZLASHTIRUVCHI TALABAGA TAVSIFNOMA
Jizzax davlat pedagogika universiteti Biologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Eshqo‘ziyeva Dilnozaga
T A V S I F N O M A
220-20- guruh talabasi Eshqo‘ziyeva Dilnoza guruhda fanlardan bo‘sh o‘zlashtiruvchi va jamoat ishlaridan ham o‘zini chetga olishga harakat qiladigan talabalardan biri bo‘lib, fanlardan har doim past baholarga o‘qiydi va semestr yakunlarini ham faqat past baholar bilan tugatgan. Fanlar ichida, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e’tibori sust.
Eshqo‘ziyeva Dilnoza universitet va guruh jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning o‘zlashtirishi pastligi guruhga ham katta ta’sirini o‘tkazadi, uning orqasida ko‘pincha guruh faollari va tyutori e’tirozlarga sababchi bo‘ladi. Guruh talabalari ichida yana shu kabi ikki nafar o‘rtog‘i bor. Ular bilan ko‘pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo‘lar-bo‘lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo‘lsa-da, to‘sqinlik qilishga sababchi bo‘ladi. Guruhdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo‘lini izlab bahona qidirishga, o‘zini chetga olishga moyil o‘quvchidir.
Eshqo‘ziyeva Dilnoza hamisha universitet rahbariyati, guruh rahbari nazoratiga olingan bo‘lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo‘lga solishga va buzg‘unchilik ishlariga yo‘l qo‘ymasdan guruhning faol talabalari qatoriga qo‘shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va ko‘proq ishlashga e’tibor qaratilgan.
Kelajakda Eshqo‘ziyeva Dilnozaning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo‘lib o‘zgarishiga ishonaman.


Amaliyotchi magistrant. N.Yu.Berdiqulova
18.05.2023 - yil
Download 8.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling