Masalani yechish. O‘quvchilar fikrlash yordamida mayatnikning tebranish davri uchun T=2 formulani yozadilar (g = 9,8 m/s2 – erkin tushish tezlanishi). Bu erda mayatnikning uzunligi ekanligini esga oladilar. Mayatnikning lm uzunligini masshtabli chizg‘ich, sharchaning D diametrini esa shtangensirkul yordamida o‘lchaydilar. Tajriba yordamida mayatnikning n marta tebranishi uchunketgan vaqtni bir necha marta o‘lchab, ularning o‘rtacha qiymati olinadi va T formulaga ko‘ra mayatnikning tebranish davri aniqlanadi. So‘ngrao‘lchashlar natijasida aniqlangan tebranish davri bilan nazariy hisoblab topilgan davr taqqoslanib, tegishli xulosalar chiqariladi. Umuman olganda, eksperimental masalalarni echishga o‘quvchilarning qiziqishlari katta bo‘ladi. O‘qituvchi fizika kabineti sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar bilan birgalikda eksperimental masalalarni echishi maqsadga muvofiqdir.O‘qituvchilar ba’zi laboratoriya ishlarini va masalalar to‘plamlaridagi masalalarni eksperimental masala qilib berishlari, yoki ijodkor o‘qituvchilar o‘zlari eksperimental masalalar tuzib, o‘quvchilarga echish uchun tavsiya qilishlari mumkin.
II BOB. “MEXANIK ISH VA QUVVAT” MAVZUSINI O‘QITISHDA METODLAR VA TESTLARDAN FOYDALANISH
“Mexanik ish va quvvat” mavzusini o‘qitishda metodlardan foydalanish
"BBB" metodi bu B-B-B sxemasi bo‘yicha o‘quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |