Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan


“Mexanik ish va uning birliklariga” doir masalalar yechish metodikasi


Download 202.69 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi202.69 Kb.
#1626092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Matluba kurs ishi

1.1.1 “Mexanik ish va uning birliklariga” doir masalalar yechish metodikasi.
Biz o‘zimizni o‘rab olgan sharoitda bir-biriga qandaydir kuchlar bilan ta’sirqilayotgan jismlarga duch kelamiz. Masalan, yurib ketayotgan aravachaga ishqalanishkuchi, yuqoriga ko‘tarilayotgan yukka og‘irlik kuchi, cho‘zilayotgan prujinaga elastiklik kuchi ta’sir etadi. Binobarin, kuch qo‘yib biz aravachani yurgizamiz, yukniko‘taramiz, prujinani cho‘zib uchlarini siljitamiz. Bu misollardan ko‘rinadiki,jismlarning ko‘chishi kuchlarning ta’siri ostidagina sodir bo‘ladi. Bunday tabiiyravishda kuchlarning jismlar ko‘chishi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirini harakterlash zaruriyati kelib chiqadi. Mexanikada bunday harakteristika sifatida ish deb ataladiganfizik kattalik qabul qilingan.Qo‘yilgan kuch ta’sirida jismning ko‘chishi natijasida mexanik ish bajariladi.Turli hollarda kuchning bajargan ishi turlicha bo‘ladi. Tabiiyki, kuch qanchakata bo‘lsa vash u kuch qo‘yilgan nuqta qancha uzoq masofaga ko‘chsa, ish hamshuncha ko‘p bo‘ladi. Bajarilgan ishning miqdori kuchning shu kuch yo‘nalishida bosib o‘tilganyo‘lga ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Kuchning bosib o‘tilgan yo‘l davomidagi ta’siri mexanik ish deb ataluvchi fizik kattalik bilan harakterlanadi. Mexanik ish bajarilishi uchun birinchidan, jismga ta’sirqilish, ikkinchidan jism siljishi shart.
Biror-bir jismni kuch ta’sirida ma’lum bir masofaga ko‘chirilsa, bunda mexanik ish bajarildi deb ataladi.

1-rasm

2-rasm
Mexanik ish kuch va shu kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan yo‘lning ko‘paytmasiga teng.




3-rasm



A – Ish, F – kuch , s – yo‘l

Bu birlik ingliz olimi J.Joul sharafiga qo‘yilgan.

Agar jismga ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishi, ko‘chish bilan o‘zaro tik bo‘lsa, bunday kuch ish bajarmaydi.





4-rasm
Mexanik ish formulasiga ko‘ra jismga kuch ta’sir etsa-da, ko‘chish bo‘lmasa ish bajarilmaydi.

O‘qituvchining dars o‘tishi, shifokorning bemorni davolashi, maktab direktorining ishlarni boshqarishi, olimning qanchalik ish qilganligi mehnat qilishga kiradi.
Agar jismga hech qanday kuch ta’sir etmasa yoki kuch ta’sir etsada jism hech qancha siljimasa mexanik ish bajarilmaydi!

5-rasm




Download 202.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling