Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan
Masala yechish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat
Download 202.69 Kb.
|
Matluba kurs ishi
Masala yechish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
- Masala shartini o‘qish. Masalaning fizik mohiyatini aniqlash va masala shartida qaralayotgan hodisani yoki jism holatini yaqqol tasavvur qilish maqsadida masala mazmunini tahlil qilish. Yuqoridagi bosqichda qaralgan masala mazmunini yanada to‘laroq ochish uchun qo‘shimcha chizma, sxema yoki sxematik rasmlar chizish. - Masala shartini qisqacha yozish. Berilgan masalaga tegishli fizik tushunchalarni va qonunlarni aniqlash. Berilgan va qidirilayotgan fizik kattaliklarni bog‘laydigan qonunlarni aniqlash va ularning formulalarini yozish. Tenglamalar sistemasini tuzish va uni izlanayotgan fizik kattalikka nisbatan umumiy ko‘rinishdi yechish, ya’ni "ishchi formula" ni keltirib chiqarish. Bunda tenglamalar sistemasini yechishga kirishishdan avval matematik prinsipga to‘la rioya qilish, ya’ni vektor tenglamalardan skalyar tenglamalarga o‘tish va noma’lumlar soni bilan tenglamalar sonini solishtirish kerak. - Fizik kattaliklarning qiymatlarini XBT (SI) birliklariga o‘tkazish. - Fizik kattaliklarning qiymatlarini XBT (SI) birliklariga o‘tkazish. Masala shartidagi fizik kattaliklarning qiymatlarini birliklari bilan birgalikda masalaning umumiy ko‘rinishidagi yechimiga qo‘yish. Fizik kattaliklarning birliklari yoki o‘lchamlari orqali masala yechimining to‘g‘riligini tekshirish. - Izlanayotgan fizik kattalikni hisoblash. Hisoblashlarni tezlashtirish maqsadida logarifmik lineyka va kalkulyatorlardan foydalanish. Olingan javobni tahlil qilish, masala shartidagi soddalashtirishlarning javobga ta’sirini baholash, javobning ishonchli va real ekanligini aniqlash.Berilgan masalani yechishning boshqa mumkin bo‘lgan usullarini qarash va ulardan eng ratsional usulini tanlash. Masala – bu kundalik hayotimizda uchraydigan vaziyatlarning tabiiy tildagi ifodasidir. Masala asosan uch qismdan iborat bo‘ladi. 1. Masalaning sharti - o‘rganilayotgan vaziyatni xarakterlovchi ma’lum va no‘malum miqdoriy qiymatlar hamda ular orasidagi miqdoriy munosabatlar haqidagi ma’lumot demakdir. 2. Masalaning talabi - masala shartidagi miqdoriy munosabatlarga nimani topish kerakligini ifodalash demakdir. 3. Masalaning operatori - masala talabini bajarish uchun shartdagi miqdoriy munosabatlarga nisbatan bajariladigan amallar yig‘indisi. Matnli masalalar qaysi turga taalluqli bo‘lmasin, ularni yechishning an’anaviy sxemasi to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Noma’lumni tanlash; 2. Tenglamalar tuzish; 3. Tenglamalarni yechish , ya’ni noma’lumni topish; 4. Masala shartini qanoatlantiruvchi yechimni tanlab olish. Download 202.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling