Bir necha qatlamlarni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatish
Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi
Download 292.62 Kb.
|
BIR NECHA QATLAMLARNI BIR QUDUQ ORQALI BIR VAQTDA ALOHIDA ISHLATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik suyuqliklar
2. Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi
Neft va gaz qazib olish tizimida QBSTni amalga oshirish uchun har xil texnologik suyuqliklardan (TS) foydalaniladi, qaysiki qatlamga haydash quyidagi maqsadlarda kengroq qo’llaniladi: neftgazberuvchanlikni kuchaytirish (NGBK); quduqlarda yer osti ta’mirlashni olib borishda (QEOT); quduqlarni kapital ta’mirlashda (QKT); oqimni kelishini jadallashtirishda (OKJ) qatlamda quduqning tubiga ishlov berish va suv oqimini chegaralashda (SOCh); 5. asfalt smola parafinli yotqiziqlarni chiqarishda (ASPYoCh); 6. mineral aralashmalarning yotqiziqlarini parchalashda (MA). Texnologik suyuqliklarni ko’p shaklli oblastlarda qo’llanilishining asosiy yo’nalishi qatlam bosimini saqlab turish va neftgazberuvchanligini oshirish uchun texnologik vositalardan foydalanish hisoblanadi. Bu soha texnologik suyuqliklardan foydalanish hajmi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Neft konlarida texnologik suyuqliklardan foydalanishning umumiy hajmi 85-95 % ni tashkil qiladi. Yangi neft konlariga samarali suv haydalganda birinchi navbatda neft va gaz olishning belgilangan dinamikasini ta’minlaydi, eski konlarda esa bosimni pasayish darajasini sekinlashtiradi. Qatlam bosimini saqlab turish va neftoluvchanlikni kuchaytirish uchun texnologik suyuqliklarni tayyorlash va haydash yirik neftgaz tarmog’ida shakllantiriladi. Haydaladigan texnologik suyuqliklarning hajmi qazib olinadigan neftning hajmidagi bir necha marta yuqori bo’ladi. Texnologik suyuqliklarNeft qatlamidagi bosimni saqlab turish maqsadida haydash uchun va neftgaz beruvchanlikni kuchaytirishda har xil moddalarning eritmalari, kompozitsion moddalar, ikkilamchi mahsulotlar ko’rinishidagi yoki neft qazib olish jarayonlaridagi yirik tonnajli tashlanmalar, neftkimyosi yoki boshqa ishlab chiqarishni individual muhitlaridan foydalaniladi. Qatlamga haydaladigan hamma texnologik muhitlar ikkita yirik guruhlarga bo’linadi, tashishda va haydash sharoitidagi termobarik o’zgarishdagi fazoviy holatning almashuvini tavsiflaydi. Texnologik barqarorlashgan muhit har qanday sharoitda bir fazolikni saqlaydi, rejimsiz holatlarga aralashib ketmaydi. Texnologik nobarqaror muhitlar manbadan to qatlamgacha harakatlanganda aralashish jarayonida o’zining fazoviy holatini almashtiradi. Texnologik barqaror fazolarni qo’llash: yer usti yoki yer osti chuchuk yoki minerallashgan suv manbalaridagi (daryo, dengiz, ko’l, qatlam) suvlar shartli ravishda “birlamchi” suv zaxirasiga mansubdir; oqova suvlar (neftdan ajratib olingan suv va qayta haydaladigan); “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi polimerlarning eritmasi; “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suvdagi SFMlarning eritmasi; - suvdagi har xil eritmalar. Termobarik va mexanik sharoitlarni ta’sir qilishiga qarab texnologik barqaror muhit (TBM)ning guruhi har xil fizik-kimyoviy barqarorlikka ega bo’ladi. Polimerli eritmalarning qovushqoqligi tashqi omillarning ta’sirida ko’pincha pasayadi. Ular qatlamni egallab olish negal koeffitsientini kuchaytirishdagi asosiy texnologik xususiyatlarini yo’qotadi. Eritma tuzilmasini tashqi omillarning ta’sirida parchalanishi polimerli eritmalarni hoshiyalardan neftni siquvchanlik sifatini pasaytirishga olib keladi. Bunday TBMni qo’llashning yuqori samaradorligiga erishish uchun salbiy omillarni o’rnini to’ldiruvchi maxsus choralar oldindan qo’llaniladi. Qatlam suvlarining tarkibidagi asosiy tashuvchilarni uchta asosiy komponentlarga bo’lish mumkin: og’ir uglevodorodlar – OU; mexanik aralashmalar – MA; temir sulfidi – FeS – zichlikni oshiruvchi asosiy komponent hisoblanadi. Texnologik nobarqaror muhitlar neft koni amaliyotida ko’proq SO2 – uglerod ikki oksidi ko’rinishida uchraydi. Download 292.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling