Bir necha qatlamlarni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatish
Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati
Download 292.62 Kb.
|
BIR NECHA QATLAMLARNI BIR QUDUQ ORQALI BIR VAQTDA ALOHIDA ISHLATISH
3. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati
Qatlam bosimini saqlab turish uchun katta hajmdagi suvdan foydalaniladi. Bunday muammolarni hal qilish uchun ishonchli va suvga boy bo’lgan manbalarni izlash suvning sifatini asoslash va uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Haydaladigan suvning sarfi ishlatish bosqichlarini aniqlaydi[29] (10.2-rasm). Qatlamga haydaladigan suvning manbalari har xil bo’ladi. Hozirgi vaqtda har xil manbalardagi suvlardan foydalaniladi: ochiq suv havzalari (daryo, ko’llar, suv omborlari, dengizlar); gruntlarni (o’zan tagi va artezian); chuqurlikdagi (quyi va yuqori chuqurlikdagi suvlik qatlamlari); oqova suvlardan. Grunt suvlari kimyoviy tarkibining har xilligi bilan tavsiflanadi (minerallashishi 100-200 mg/l), ko’p bo’lmagan miqdorda muallaq zarrachalar ham mavjud bo’ladi. Ochiq suv havzalaridagi suvlarning tarkibining sifati bir oz to’g’ri kelmaydi, chunki uning tarkibida ko’p miqdorda mexanik aralashmalar (loylar yoki qumlar), ayniqsa jala va toshqin, qor erish davrida mexanik aralashmalar ko’payib ketadi va loylarni bo’kish xususiyatini kuchaytiradi. Chuqur joylashgan suvlilik gorizontlarining tarkibi yuqori darajada minerallashgan, shuning uchun qo’shimcha tozalash ishlari amalga oshiriladi. 10.2-rasm. Suyuqlikning olishni nisbiy dinamikasi, suvni haydash, suvning iste’moli V va t vaqt bo’yicha neftberuvchanlik: 1, 1 -erigan gaz rejimida neft qazib olish va neftberuvchanlik; 2, 2, 3 -mos ravishda suv haydashda neft qazib olish, neftberuvchanlik va suyuqlikni olish; 4-oqova suvlar to’liq qayta berilganda suvga talab; 5-haydaladigan suv sarfi; Shtrixlar: tik – suv haydab neft qazib olish samarasi; qiya shtrix tejalgan suvlar. Oqova suvlar asosan qatlam suvlaridir. Neft bilan birgalikda qazib olingan, chuchuk, neftni tayyorlash qurilmasiga uzatilgan va jala suvlaridan tashkil topgan. Ular minerallashgan (15-3000 g/l) va yaxshi neftni siquvchanlik xossasiga ega. Shu bilan birgalikda ko’p miqdordagi neft emultsiyasi, mexanik aralashmalar hamda uglerod oksidi (SO2) va oltingugurt (S) bo’ladi. Suv manbalari asosan suvni tayyorlashning texnologiyasini hisobga olib texnik iqtisodiy ma’lumotlar tahlil qilib tanlanadi. Xuddi shunday texnologiya asosida “Muborakneftgaz” UShKga qarashli Ko’kdumaloq, Kruk va hakozo konlariga haydaladigan suvlar “Devxona” ko’lidan olib beriladi va tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Qatlamga haydaladigan suvlarga qo’yilgan talablar va ularni almashtirish: mahsuldor qatlamning xossasi; uning tuzilishi va har xil jinsliligi; haydaladigan suvning turi; konda amalga oshiriladigan masalaning xususiyati. Mahsuldor qatlamga haydaladigan suvga qo’yilgan klassik talablar quyidagilar: mexanik zarrachalarning tarkibini ko’p bo’lmasligi; emulsiyali neftning miqdorini ko’p bo’lmasligi; naporli va taqsimlovchi quvur uzatmalarga, nasoslarga haydovchi quduqning jihozlariga nisbatan korrozion inertlilik. suvda oltingugurt, uglerod ikki oksidi, suvdagi jonli organizmlar, jihozlarni korroziyasini jadallashtiruvchi mikroorganizmlarni va haydovchi quduqlarni qabul qiluvchanligini pasaytirgichilarning mavjud bo’lmasligi. Suvda erigan kislorod metallni korroziyalanishini jadallashtiradi va qatlamda aerobli bakteriyalarni faol rivojlanishini keltirib chiqaradi. Uglerod ikki oksidi (CO2) suvning pH ko’rsatgichini pasaytiradi va metalldagi himoyaviy oksidlarning pardalarini parchalanishga olib keladi hamda jihozlarni korroziyasini tezlashtiradi. Oltingugurt temir bilan reaktsiyalanib, suv bilan chiqib ketadigan qattiq temir sulfidni, ikslorod mavjud bo’lganda esa–oltingugurt kislotasini hosil qiladi. U suvda kaltsiy sulfat uglevodorodlarini neftning tarkibida uglerod ikki oksidini ajralib tiklanishi natijasida va kaltsiy karbonat ko’rinishida paydo bo’ladi. Neft qazib oluvchi quduqlarning mahsulotini tarkibida uning mavjud bo’lishi neft qazib oluvchi jihozlarning korroziyalanishini kuchaytiradi. Qatlamga “birlamchi” yoki “ikkilamchi” suv haydalgandi tuzning miqdoriga va uning tarkibiga jiddiy e’tibor beriladi. Haydaladigan suvning kimyoviy tarkibi qatlam sharoitidagi suyuqlikning tarkibi bilan mos kelishi o’zaro taqqoslanadi. Suvdagi mineral suvlarning tarkibi va miqdori olti komponentli tahlil asosidagi metodika bo’yicha baholanadi: kaltsiy ionlari (Ca2+), magniy ionlari (Mg2+), natriy ionlarining (Na2+) ijobiyligi (musbatligi) va salbiy xlor (Cl2-), sulfat (SO42) va HSO3 ionlari. Ionli tahlil suvning zichligini pN va ko’rsatkichlarini aniqlaydi. Bu ionlarning chegaraviy qiymatlari har bir ob’ektni ishlash ko’rsatkichlaridan kelib chiqib individual aniqlanadi. Download 292.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling