Kurs ishinining usuli. Kurs ishini yozishda bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo’lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umummantiqiy metodlar – induksiya, 6 deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo’llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bir qancha xorijiy va mamlakatimiz huquqshunos olimlari tomonidan o’rganilgan. Shu bilan birga aytish kerakki, bu ishlarning aksariyati jinoyat qonunchiligi liberallashtirilishidan oldingi davrga tegishli bo’lib, ularda hozirgi kunda uchrayotgan muammolar yetarlicha tahlil qilinmagan. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bo’yicha fikrlar va takliflar xorij olimlaridan M.I.Bajanov, N.А.Bekbergenov, V.P. Malkov, B.V. Voljenkin va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda ilgari surilgan1 . Mamlakatimiz huquqshunos olimlaridan M. Usmonaliyev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent M.Z. Muqimova, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.B. Matlyubov, yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanov kabilarning ilmiy asarlari hamda ilmiy maqolalarida tadqiq etilayotgan muammoga tegishli jihatlar yoritilgan2 . Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlarida bir qancha jinoyatlar uchun jazo tayinlash muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, ularda jazo tayinlashning bugungi umumiy jihatlari yoritilgan, shuningdek jinoyat qonunining odillik prinsipi masalasiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bundan tashqari, ushbu ishlarning mazmuni bugungi kundagi jinoyat qonuni normalari mazmunini qamrab ololmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |