Bir qancha jinoyat sodir etganligi uchun jazo tainlash Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi


Download 40.42 Kb.
bet8/12
Sana09.01.2022
Hajmi40.42 Kb.
#262376
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bir qancha jinoyat sodir etganligi uchun jazo tainlash

1.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi

Bir qancha jinoyatlar sodir etish institutining tarixiy jihatlariga e’tibor qaratsak. Bu boradagi dastlabki norma RSFSR ning 1922-yildagi Jinoyat kodeksi bo’lib, bu hujjat Turkiston hududida ham amal qilgan. Ushbu kodeksning 29-30- moddalarida jinoyatlar ideal jami va real jami uchun jazo tayinlash qoidalari nazarda tutilgan bo’lib, jumladan 29-moddaga ko’ra, “Аgar aybdor sodir etgan qilmishda kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning belgilari mavjud bo’lsa, sud og’irroq jazoni nazarda tutuvchi modda asosida jazo tayinlashi” belgilangan. O’zbekiston SSRning 1926-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida jinoyatlarning ideal majmui bir necha jinoyat sodir etish shakllariga kiritilib, unga ko’ra: “Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat belgilari mavjud bo’lsa, jumladan hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, ijtimoiy ta’sir choralari eng og’ir chorani nazarda tutuvchi jinoyat yuzasidan tayinlanadi. 1959-yilda qabul qilingan O’zbekiston SSR Jinoyat kodeksining yuqoridagi qonunlardan farqli jihati shunda ediki, unda bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning yangi qoidalari, jumladan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish qoidasi nazarda tutilgan edi. E’tiborli jihati shundaki, yuqoridagi qonunlarning birortasida bir qancha jinoyatlar instituti nazarda tutilmagan bo’lib, ularda ushbu qoidalar jazo tayinlash instituti doirasida belgilab berilgan edi. O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida bir necha jinoyatlarning nazariy tushunchalari, ular uchun jazo tayinlashning qoidalari belgilab berilgan. Unga ko’ra quyidagi hollarda bir necha jinoyat sodir qilganlik uchun jazo tayinlash lozimligi to’g’risidagi qoidalar qonuniy ifodasini topgan: a) jinoiy harakat Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganida; 21 b) ish bo’yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning birinchi hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlangan hollarda; v) shaxs bir xildagi yoki turli xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo’lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganida. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida va 14- moddasida ko’rsatilganki, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Ijtimoiy adolat keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, har bir huquq instituti o’zida ushbu prinsipning qaysidir tomonini qamrab oladi. Ushbu prinsipning jinoiy-huquqiy tomoni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining odillik prinsipi bilan qamrab olingan, desak xato qilmaymiz. Odillik prinsipi jinoyat qonunining eng muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi va u JK ning 8-moddasida aks etgan: “Jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan qo’llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo’lishi, ya’ni jinoyatning og’ir yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo’lishi kerak. Hech kim bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas”. Jazoning odilligi prinsipi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi: - qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi (jinoyat natijasida yetkazilgan zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy tajovuz obyekti); - aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi; - jinoyat sodir etish holatlari, ya’ni jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar; 22 - aybning darajasi (shakli – qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) muvofiq bo‘lishi kerak. Odillik prinsipining “hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas” degan asosiy qoidasi xalqaro-huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. Jinoyat huquqi odillik prinsipining mohiyati shundaki, shaxs sodir etgan qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu prinsip qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi va insonaprvarlik prinsiplari bilan bevosita bog‘liqdir1 . Ma’lumki, jinoyatlar o’z ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra to’rtta guruhga bo’linadi (JK 15-modda) va har bir darajadagi jinoyat uchun jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinashning alohida qoidasi belgilangan. Bu ham odillik prinsipi namoyon bo’lishining bir ko’rinishidir. Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonida bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun jazo tayinlash to’g’risidagi JK ning normasiga bir necha marotaba o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, 1994-yilda Jinoyat kodeksida bir necha jinoyatlar yuzasidan jazo tayinlashda jazoning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash qoidasi nazarda tutilmagan bo’lsa, 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuniga binoan Jinoyat kodeksining 59-moddasi yangi tahrirda qabul qilinib, jazoning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash qoidasi ham nazarda tutildi. Jinoiy jazolarni liberallashtirishning keyingi davrida o’lim jazosini bekor qilinishi va uning o’rniga uzoq muddatli hamda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolarining tadbiq etilishi munosabati bilan JK ning 59-moddasiga ham o’zgartishlar kiritilib, sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanishi to’g’risidagi, sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yoxud yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanishi to’g’risidagi qoidalar kiritildi. Jinoyat kodeksining XI bobi jazo tayinlash masalalariga bag’ishlangan bo’lib, 54-moddaga ko’ra, jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash tartibiga e’tibor beradigan bo’lsak, sud har qaysi jinoyat uchun alohida-alohida jazo tayinlab, so’ngra tayinlangan yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li uzil-kesil jazo tayinlaydi. Mutaxassislar oarsida ham jazo tayinlashning bu tartibi, ya’ni oldin har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlab, so’ng uzil-kesil jazo tayinlash yuzasidan har xil yondashuvlar mavjud: xususan, N.А.Belyakov “Sud jinoyatlar jamiga kiruvchi har bir jinoyat uchun jazo tayinlashda har bir jinoyatni bir-biridan alohida holda jinoyat hodisasining o’zi deb qaramasligi kerak. Bundan tashqari, sud bir necha jinoyat sodir etilganligini esdan chiqarmasligi kerak. Jazo tayinlashning umumiy asoslariga ko’ra jazo tayinlashda faqat jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasigina emas, balki aybdorning shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni ham hisobga oladi. Bundan tashqari, ikkinchi va undan oldin sodir etilgan har bir jinoyat uchun jazoni og’irlashtiruvchi holatni hisobga olishi, ya’ni ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi (O’zbekiston Respublikasi JKning 56-moddasi 1-qismi “n” bandi) deb hisoblab jazo tayinlashi kerak”, deb yozadi1 . Bu fikrga mazmunan qo’shilgan holda, N.D. Durmanov jazo shaxsning butun jinoiy faoliyatini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim, degan fikrni ilgari surgan. Bajanov M. I esa, yuqoridagi fikrlarga qarshi chiqib, alohida-alohida jazo tayinlash tartibini yoqlagan1 . Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida-alohida tartibi haqida to’xtalgan M.H. Rustamboyev uning quyidagi ijobiy xususiyatlarini qayd etgan: a) jinoyatlar majmuiga kiruvchi alohida jinoyatlar uchun amnistiya va avf etishni ancha yengillashtiradi; b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga olishda; c) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o‘tash koloniyasi rejimi turini belgilashda, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi2 . Bu masalaga to’xtalgan Muqumova M.Z. esa, quyidagi jihatlarga e’tibor qaratgan: birinchidan, sodir etilgan har bir jinoyat uchun alohida-alohida jazo tayinlash, shaxsni axloqan tuzatish maqsadiga erishish va tuzatish hamda jinoyatlarning umumiy va maxsus oldini olish, shuning bilan birga har bir jinoyat uchun jazoning muqarrarligi prinsipiga mos kelishi kerak; ikkinchidan, jazo tayinlashning ushbu tartibi hukmni appelyatsiya va nazorat tartibida tekshirib ko’rilganda, har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi hamda Jinoyat kodeksining 54-moddasida nazarda tutilgan holatlarni e’tiborga olishda muhim ahamiyatga ega; uchinchidan, jazo tayinlashning ushbu tartibi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga jazoni o’tash koloniyasi turini belgilash, shaxsni xavfli yoki o’ta xavfli retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi; to’rtinchidan, har bir jinoyat uchun alohida holda amnistiya aktini qo’llash imkonini beradi1 . Fikrimizcha, bu masala mamlakatimiz jinoyat qonunida to’g’ri hal qilingan. Jazo tayinashning ushbu tartibi jinoyat qonuni maqsadlarini va prinsiplarini to’la ro’yobga chiqarishda o’ziga xos o’ringa ega. Jinoyat kodeksiga muvofiq, bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo’llaniladi: 1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda; 2) shaxs bir necha aynan o’xshash qilmishni sodir etgan bo’lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda; 3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida. Shuni ham aytib o’tish kerakki, “jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganida” degan jumlada, qilmishlardan biri tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish yoki ishtirokchilikda sodir etish holatlari ham nazarda tutilgan. Masalan, shaxs JK 104-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan, buning uchun sudlanmagani holda, oradan qanchadir vaqt o’tgach JK 169-moddasidagi belgilangan jinoyatni sodir qilishga suiqasd qilgan. Ushbu holatda sud tomonidan JK 59-moddasi asosan, JK 104-moddasi va JK 25-moddasi orqali JK 169-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlanadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining shunday moddalari borki, ularning turli qismlarida har xil jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Masalan, JK 228, 248, 273-moddalari. Xo’sh, shaxs tomonidan turli vaqtlarda bitta moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan mustaqil jinoyatlar sodir etilsa, jazo qanday tayinlanadi? Masalan, shaxs 2015-yilning yanvar oyida boshqa JK 228-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan, ya’ni boshqa shaxs foydalanishi uchun rasmiy hujjatni soxtalashtirib sotgan. Oradan qanchadir vaqt o’tib, ushbu moddaning uchinchi qismidagi jinoyatni sodir etgan, ya’ni boshqa shaxsga tegishli hujjatdan uning soxtaligini bila turib foydalangan. Ushbu holatda jazo qay tartibda tayinlanishi masalasiga Oliy sud Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorida tushuntirish berilgan bo’lib, unga ko’ra bunday holatlarda ham JK 59-moddasini qo’llab jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash kerak. Garchi Oliy sud Plenumining qarorida tushuntirish berib o’tilgan bo’lsa-da, yuqorida bayon qilingan holatni bartaraf etish uchun Jinoyat kodeksining 59- moddasi birinchi qismini “shaxs Maxsus qismning turli moddalarida” degan so’zlardan keyin “bitta moddasining turli qismlarida, basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa” degan so’zlar to’ldirish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Jinoyat ishlari bo’yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudning protsessual faoliyatida jazo tayinlash bosqichi, juda muhim va mas’uliyatli qismdir, chunki tayinlangan jazo yetarli darajada aybdorni sodir etgan jinoyati uchun ham jazolashi, ham jazodan ko’zlangan maqsadlariga – mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish uchun yetarli bo’lishi kerak. Jinoyat protsessual kodeksining 468, 484-moddalariga ko’ra, jazo tayinlashning JK 59-moddasida belgilangan tartibiga rioya qilmaslik, ya’ni har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanmasdan, jinoyatlar jami bo’yicha jazo belgilash va alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlab, jinoyatlar jami bo’yicha qat’iy jazo belgilamaslik, shuningdek adolatsiz jazo tayinlash hukmning bekor bo’lishiga olib keladi. Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko’ra, jazo adolatli bo’lishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo’lishi kerak. 27 Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va sog’lig’i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og’irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi. Agar shaxs tomonidan ikki va undan jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari bo’yicha shaxs aybini bo’yniga olib kelgan bo’lsa, bu holat jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida faqat bo’yinga olish to’g’risida ariza berilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.


Download 40.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling