Bir qancha jinoyat sodir etish
Download 83.5 Kb.
|
BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Takroran jinoyat sodir etish
BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH Reja : 1. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi 2. Takroran jinoyat sodir etish 3. Jinoyatlar majmui 4. Retsidiv jinoyatlar 1. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi Bir qancha jinoyat sodir etish deb, bir vaqtda yoki turli vaqtlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi jinoyatlarni yoxud oldingi hukm bо‘yicha sudlanganlik muddati о‘tmasdan, yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etish tushuniladi. Bir qancha jinoyat sodir etilgan deb topish uchun qilmishlarda quyidagi shartlar bо‘lishi kerak: shaxs tomonidan har biri mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bо‘lishi kerak; bunda jinoyatlarning bir vaqtda (jinoyatlarning ideal jami) yoki har xil vaqt (real jami)da sodir etilganligining ahamiyati yо‘q; dastlabki sodir etilgan jinoyat bilan keyingi sodir etilgan jinoyat о‘rtasida JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar о‘tib ketmagan bо‘lishi kerak; shaxs ushbu jinoyatlarda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida qatnashganligi, jinoyatga tayergarlik kо‘rish, suiqasd qilish bosqichida tо‘xatilganligi yoki oxiriga yetkazilganligining ahamiyati yо‘q; agarda shaxs О‘zR JKning 64-68-moddalari asosida javobgarlikdan, 69-moddasi asosida jazodan ozod qilingan bо‘lsa (150-156-moddalar bundan mustasno), jinoyat huquqida nazarda tutilgan bir qancha jinoyatlarni tashkil qilmaydi; oldingi jinoyat uchun sudlanganlik muddati о‘tmasdan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etish ham bir qancha jinoyat sodir etish hisoblanadi. 2. Takroran jinoyat sodir etish JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida kо‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bо‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bо‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bо‘lgan jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bо‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yо‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga о‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bо‘lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bо‘lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa chо‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi (О‘zR JK 32-moddasi). Ushbu ta’rifga asoslangan holda shuni ta’kidlash kerakki, takroran jinoyat sodir etish quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: ikki yoki bir necha jinoyat sodir etilganligi; ushbu jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida kо‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilganligi; jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etganligi; sodir etilgan jinoyatlarning birortasi uchun ham sudlanmagan bо‘lishi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling