Bir qancha jinoyat sodir etish


Download 83.5 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1419125
1   2   3
Bog'liq
BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH

3. Jinoyatlar majmui
О‘zR Jinoyat kodeksi 33-moddasi 1-qismiga binoan, ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bо‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
Ushbu modda ta’rifidan kelib chiqib, jinoyatlar majmuining quyidagi belgilarini kо‘rsatish mumkin:

  • ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etilganligi;

  • ushbu jinoiy qilmish JK Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilganligi;

  • sodir etilgan jinoiy qilmishlar uchun shaxs sudlanmagan bо‘lishi shart.

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal jami va real jami mavjud.
Ideal jami - bir vaqtning о‘zida ikki yoki undan ortiq obyektga tajovuz qilib, ularga zarar yetkazishda ifodalangan bir ijtimoiy xavfli harakat (harakatsizlik) sodir etishdir. Ideal majmuiga bosqinchilik vaqtida odam о‘ldirish (JK 164 va 97-m.).
Real jami - shaxsning Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari yoki moddalarining qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir qilib, ularning birortasi uchun ham sudlanmaganligi. Masalan, shaxs о‘g‘rilik (JK 169-m.) sodir etadi, keyin qalbaki hujjat yasaydi (JK 228-m.).
JK 33-moddasi 2-qismiga kо‘ra, ushbu Kodeks Maxsus qismining о‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda о‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bо‘lsagina qо‘llaniladi.
4. Retsidiv jinoyatlar
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
[СПиТ:
1.Жиноят ҳуқуқи / Хавфли рецидив]
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga о‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida kо‘rsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
[СПиТ:
1.Жиноят ҳуқуқи / Ўта хавфли рецидив]
Besh yildan kam bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bо‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari о‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan о‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki о‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi о‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
Sudning hukmi bilan shaxs о‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
Shaxsni о‘ta xavfli retsidivist deb topish tо‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bо‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni о‘ta xavfli retsidivist deb topish tо‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning о‘n sakkiz yoshga tо‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining о‘tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining о‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda о‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bо‘lsagina qо‘llaniladi (О‘zR JK 34-moddasi).


Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling