Bir qator nozologik birliklarning zamonaviy nomlarida «isitma» rus
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bronxitni davolashda qo‘shimcha muolajalar
Download 78.35 Kb.
|
Isitma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon bosimi va tana harorati quyidagi kasalliklar bilan duchor bo‘lgan insonlar uchun xavfli
- Qo‘shimcha simptomlarsiz tana harorati o‘zgarishi
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bronxitni davolashda qo‘shimcha muolajalar
Ammo, gipertoniya bilan kasallanganlarda tana haroratining ko‘tarilishi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday insonlar o‘z shifokorlari bilan maslahatlashishlari zarur, ularda 37,5 °C ko‘rsatkichda ham tana haroratini me’yorga tushirish lozim bo‘ladi, ayniqsa keksa yoshdagi insonlar. Qon bosimi va tana harorati quyidagi kasalliklar bilan duchor bo‘lgan insonlar uchun xavfli: Yurakning ishemik kasalligi. Bunday holatda bemorda miokard infarkti ham rivojlanishi mumkin; Yurak yetishmovchiligi; Aritmiyalar; Ateroskleroz; Qandli diabet. Har qanday sharoitda ham qon bosimi va tana harorati birgalikda o‘zgarsa, shifokorga murojaat etish zarur. Qo‘shimcha simptomlarsiz tana harorati o‘zgarishi Hech qanday simptomlarsiz tana haroratining oshishi yoki pasayishi o‘tkir infeksion kasalliklarga xos. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin: Surunkali piyelonefrit; Sil; Yaxshi va yomon sifatli o‘smalar; A’zolar infarkti (to‘qimalar nekrozi); Qon kasalliklari; Tireotoksikoz, gipotireoz; Allergik kasalliklar; Revmatoid artritning erta davrlarida; Bosh miyadagi o‘zgarishlarda, ayniqsa gipotalamusda; Psixik o‘zgarishlar; Bundan tashqari, aktiv jismoniy harakat, sovuq qotish yoki issiq havoda, stress va zo‘riqishlarda ham tana harorati o‘zgarishlari mumkin. Ammo, bunday holda tana harorati tezda normal holatga qaytadi. Isitma, uning sabablari va turlari Isitma deb, organizmdagi o`zgarish jarayoniga nisbatan moslashish va himoya reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya infeksiya yoki to`qimalarning parchalanish mahsulotlaridek kuchli ta'sirotlarga javoban tana haroratining ko`tarilishi bilan namoyon bo`ladi. Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta'sir ko`rsatib, ularning qo`zg`alishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini (netrofillarni) ta'sirlantiradi, ular bunga javoban o`z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar infeksiyaga qarshi faol kurashadi. Xuddi shunga o`xshash virus infeksiyasiga javoban organizmda interferon ishlab chiqariladi. Hujayralar tomonidan himoya moddalar (pirogenlar, interferon) ishlab chiqarish jarayoni ko`p quwat sarflanishini talab qiladi va isitmadagina ro`y berishi mumkin, tana harorati normal bo`lganda esa bu jarayon to`xtaydi. Shunday qilib, isitma kasallik vujudga kelgan sharoitlarda organizmning tirik qolishini ma'lum darajada yengillashtiradi. Vrachlarga qadimdan ma'lum bo`lgan usul — issiq tutib davolashning yaxshi kor qilishi ana shundan dalolat beradi. Biroq, yuqori isitma har bir kasallikda organizmga foydali bo`lavermay, balki yomon ta'sir ko`rsatishi ham mumkin. Shunga ko`ra, issiqni tushiradigan vositalarni qo`llashning o`rni bor-yo`qligini har bir holda puxta o`ylab ko`rish kerak. Kelib chiqish sababiga ko`ra, infeksion va infeksion bo`lmagan isitmalar farq qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to`qimalarga dori surtilayotganda, qon quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi. Isitma turlari. Isitma nechog`li balandligi, qancha davom etishi va harorat qay tariqa o`zgarib turishiga qarab farqlanadi. Balandligiga qarab subnormal (35-36°C), normal (36-37°C) va subfebril (37-38°C) harorat tavofut qilinadi. Haroratni 38°C oshishi isitma deb, shu bilan birga 38°C dan 39°C gacha ko`tarilishi o`rtacha, 39°C dan 42°C gacha yetishi yuqori va 42-42,5°C gacha oshishi o`ta yuqori isitma deb hisoblanadi. Isitma qanchalik uzoq davom etishiga qarab: 1) tez o`tib ketadigan — bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadigan; 2) o`tkir — 15 kungacha; 3) o`rtacha o`tkir — 45 kungacha; 4) cho`ziladigan va surunkali — 45 kundan ko`p davom etadigan isitmalarga bo`linadi. Haroratning o`zgarishiga qarab, isitmaning quyidagi turlari farq qilinadi: 1. Doimiy isitma — baland bo`lib, uzoq davom etadi, harorat kuniga 1°C dan ko`p o`zgarmaydi. Toshmali terlama va ich terlama, hamda zotiljam (o`pkaning krupoz yallig`lanishi) uchun xos. 2. Bo`shashtiradigan isitma — febris remittens — harorat sutkasiga 1°C ko`p o`zgarib, 38°C dan past tushib turadi. Yiringli jarayonlarda, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishlarida kuzatiladi. 3. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma — febris hectica uzoq davom etadigan isitma bo`lib, bunda harorat kuniga 4—5°C o`zgarib turadi va normal yoki subnormal raqamlargacha tushadi. o`pka silining og`ir xilida, sepsisda (qon zararlanganda), yallig`lanish kasalliklarida qayd qilinadi. 4. Noraso isitma — febris inversa xususiyati va darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshab ketadiyu, lekin harorat ertalab maksimal, kechqurun esa normal. Bu sil va sepsisning og`irturlarida uchraydi. 5. Atipik isitma — febris irregularis — muddatning notayinligi va haroratning kun davomida noto`g`ri va turli-tuman o`zgarib turishi bilan ta'riflanadi. 6. O`zgarib turadigan isitma — febris intermittis — bezgakda bo`ladi. Harorat xususiyati va o`zgarish darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshaydi, lekin haroratning baland bo`lib turishi bir soatdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Harorat ko`tarilishi har kuni emas, bezgak sababchisining xiliga qarab kunora, ikki kunda bir marta takrorlanib turadi. 7. Qaytalama isitma — febris rekurrens bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlar bilan qonuniy almashinib turishidir. Qaytalama isitma terlama uchun xos. 8. To`lqinsimon isitma—febris undulans — harorat asta-sekin yuqori raqamlargacha ko`tariladigan davrlaming asta-sekin subfebril yoki normal raqamlarga tushadigan davrlar bilan almashinishidir. Brusellyoz va limfogranulematozda kuzatiladi. Harorat egri chizig`ining ko`rinishi aksariyat kasallikni aniqlash imkonini beribgina qolmay, balki uning kelgusida qanday o`tishi to`g`risida taxminiy fikr yuritishga ham yordam beradi. Masalan, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishida atipik harorat egri chizig`i gektik isitma bilan almashinsa, asorat bor, o`pkada yiringlanish boshlanayapti deb gumon qilish kerak. Isitma davrlari va isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish Isitmaning o`tishi uch davrga bo`linadi: harorat ko`tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o`z klinik ko`rinishi bor, shunga ko`ra bemorlarni parvarish qilishning ham o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi. Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak. Harorat maksimal ko`tarilgan davrda issiqlik yo`qotishning kuchayishi bilan hosil qilishning kuchayishi nisbiy muvozanatda bo`ladi. Bu davr bir necha .soatdan bir necha haftalargacha davom etadi. Issiqlikning buzilishidan tashqari, isitmada barcha a'zolar va tizimlar faoliyatining buzilishiga aloqador hodisalar kuzatiladi. Birinchi navbatda moddalar almashunuvi buziladi: bir tomondan isitmalash kuchayadi, ikkinchi tomondan esa hazm hamda suo`rilish funksiyasi va ishtahaning pasayishi tufayli organizmga oziqa moddalar tushishi kamayadi. Bunda esa organizmning" o`zida to`qimalar: jigar uglevodlari, yog` hujayrasining yog`lari oksidlana boshlaydi. Oqsillar parchalanishga uchraydi. Bemorning tinkasi quriydi. Harorat qanchalik yuqori, uzoq davom etadigan va ko`p o`zgaradigan bo`lsa bemor shuncha darmonsizlanadi. Ishtahaning pasayib ketganligini hisobga olib, ovqatni tez-tez, kuniga 6—7 marta berish, buning uchun harorat bir muncha pasayadigan paytdan (kechqurun va hatto tunda) ham foydalanish zarur. Biroq moddalar almashinuvining buzilishi isitma kuchayishidan bo`libgina qolmay, balki noto`liq almashinuv mahsulotlari, shuningdek mikrob zaharlarining (agar bu infeksion isitma bo`lsa) organizmga keng tarqalib, hujayra va to`qimalarning zaharlanishini ham o`z ichiga oladi. Buyraklar faoliyati pasayganligi sababli, zaharli mahsulotlar chiqarilishi susayib ketadi. Bemorlar isitmaning bu davrida ko`p chanqaydilar. Shuning uchun imkon boricha ko`proq suyuqlik kiritish bilan zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash lozim. Har 20—30 daqiqada bemorga oz-ozdan suyuqlik ichirish kerak. Suyuqlik bilan birga C va A vitaminlarini kiritish tavsiya qilinadi, chunki isitmada ularning almashinuvi buzilib, ularga bo`lgan ehtiyoj esa oshadi. Isitmalayotgan bemor organizmiga ko`p suyuqlik kiritish bilan qondagi zararli moddalar konsentratsiyasi kamaytiriladi. Nerv sistemasining chala oksidlangan mahsulotlar va mikroblardan zaharlanishi odatda bosh og`rishi, uyqusizlik, tezda charchash va shu kabilar bilan namoyon bo`ladi. Biroq, es-hushning kirdi-chiqdi bo`lishidan to butunlay yo`qolishigacha borib etadigan birmuncha og`ir hodisalar ham kuzatiladi. Bemor besaramjon bo`lib qoladi, o`ziga qattiq shikast etkazib olishi, alahlab bo`limdan chiqib ketishi va hatto o`zini derazadan tashlab yuborishi mumkin. Buni o`z vaqtida aniqlash va bemorni psixiatr ixtiyoriga o`tkazib, xato qilmaslik kerak. Bunday bemorlarni parvarish qilishda xodimlar g`oyat hushyor bo`lishlari lozim: bemorni imkoni boricha boshqalardan ajratish va unga hamshira qarab turishi kerak. Bunday bemor karavotining yon tomoniga to`r tutib qo`yiladi. Isitma yurak-tomir sistemasi va nafas funksiyalarining buzilishi, harorat ko`tarilishiga proporsional ravishda arterial bosimning pasayishi, puls va nafas olishning tezlashishi bilan namoyon bo`ladi. Haroratning Tgacha oshishi pulsning har daqiqada o`rta hisobda 8—10 marotaba tezlashishiga sabab bo`ladi, deb hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasi bemorni kuzatishda uning pulsi va nafasiga qarab ahvolini aniqlay olishi va shunga yarasha unga diqqat e'tiborini kuchaytirishi lozim. Haroratning pasayish davrida issiqlik hosil qilish kamaygan, issiqlik yo`qotish oshgan bo`ladi. Haroratning tez, bir necha soat ichida tushishi «krizis», bir necha kun mobaynida asta-sekin pasayishi «Iizis» deyiladi. Harorat pasayishi, ayniqsa kritik pasayishda yurak-tomirlarning o`tkir etishmovchiligi yuz berishi sababli bemorjuda og`irahvolga tushadi. Bunday vaqtda yordam ko`rsatilmasa o`lim sodir bo`ladi. Harorat pasayishi ko`p terlash bilan o`tib, puls va nafas tezlashmasa, es-hushi joyiga kelsa, isitmadan besaranjomlanib, uxlay olmagan uyqusi yaxshilansa, krizis o`tib ketishi mumkin. Biroq, krizisning kechishi boshqacha tus olishi ham mumkin. Harorat tez pasayib, normal darajadan ham tushib ketishi, bemor ahvolining to`satdan yomonlashishiga sabab bo`ladi. Bemor darmonsizlik, tashnalik, sovqotish, et junjikishidan shikoyat qiladi. Uning terisi oqaradi, so`ngra ko`karadi, badanini sovuq ter bosadi, oyoq-qo`llari sovqotadi. Arterial bosim pasayadi, pulsi tez hamdakichik(«ipsimon»), nafas tez vayuzaki bo`ladi. Qorachiqlari kengayadi. o`tkir tomir etishmovchiligi — kollaps avj olib, o`lim sodir bo`lishi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish: Zudlik bilan teri ostiga yoki muskul ichiga kofein, kamfora, strixnin, mezaton, adrenalin yuborish zarur. Miyaning qon bilan ta'minlanishini yaxshilash uchun bemorning boshidan yostig`ini olib, karavotning oyoq tomonini 30—40 sm ko`tarib qo`yish kerak. Bemorni isitgich bilan isitish, unga issiq choy, kofe ichirish lozim. Mana shu tadbirlar bajarilib bemor ahvoli yaxshilana boshlagandan so`ng uning ich kiyimi, choyshabini almashtirish zarur. Ahvoli yaxshilanmasa, in`eksiyalar takrorlanadi va tomchi usulida venaga glyukoza bilan noradrenalin yuboriladi. Hamshira isitmalayotgan bemomi parvarishlashda va unga yordam berishda hamshiralik jarayoni bosqichlari bo`yicha o`z vazifalarini belgilab oladi. Har bir yuzaga kelayotgan holatni hamshiralik tashxisi sifatida umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqaradi, yordam ko`rsatish va parvarish qilish jarayoniga zarur o`zgartirishlar kiritadi. Download 78.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling