Bir qator nozologik birliklarning zamonaviy nomlarida «isitma» rus
Download 78.35 Kb.
|
Isitma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isitma chiqishi sabablari
ISITMANI DAVOLASH
Isitmani uy sharoitida davolash organizmning hayotiy kuchlarini saqlab qolish, tana haroratini nazorat qilish, suv-tuz balansini to’ldirishga qaratiladi. Bemor dam olishi va yengil ovqatlar iste’mol qilishi, ko’proq suyuqlik ichishi, issiq kiyinmasligi, hammom qabul qilmasligi va kuniga 4-6 marta tana haroratini o’lchashi kerak. Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik) preparatlar buyuriladi. Pediatriyada tana haroratini me’yorlashtirish uchun yoshga bog’liq dozalarda parasetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo’llaniladi. Aspirin ishlatilishi taqiqlanadi, chunki u bola hayoti uchun xavfli bo’lgan gepatoserebral sindrom rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek isitmani tushirish uchun bemor tanasiga spirt, sirkaning suvli eritmalarini surtish mumkin. Tibbiy tekshiruvlar doirasida bemor tana haroratining oshishi sababi aniqlanadi va tegishli davolash belgilanadi. Ba’zi hollarda bemorni shifoxonaga yotqizish yoki ambulatoriya sharoitida qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazish kerak bo’lishi mumkin. Isitma chiqishi sabablari Organizm termoregulyatsiya jarayoni endokrin tizimi tomonidan boshqariladi, bu tizim kerakli vaqtda sovitish yoki isitish mexanizmlarini ishga tushirib turadi. Albatta, gormonal buzilishlar yoki endokrin bezlarining normal ishlamasligi termoregulyatsiyaning buzilishiga olib keladi. Tana haroratining oshishi sabab bo‘ladigan asosiy modda – pirogenlardir. Bu moddalar immun tizimi tomonidan ajralib chiqadi. Pirogen moddalar organizm sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi patogenlar bilan kurashda yordan berish uchun ishlab chiqariladi. Tana harorati quyidagi hollarda ko‘tarilishi mumkin: Infeksiya – viruslar, bakteriyalar, soda hayvonlar va boshqalar ta’sirida; Kuyish, travmalar; Allergik reaksiyalar. Bunday holatda immun tizimi zararsiz moddalarga qarshi kurashish uchun pirogen moddalarni ishlab chiqaradi; Shok holatlari; O‘RK (o‘tkir respirator kasalliklar). Download 78.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling