Бир соатлик дарс – йирик бир асардир


Download 16.77 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1638770
1   2   3
Bog'liq
Н. Amirov. maqola Ajiniyoz 2022y

Beshinchisi, o‘qituvchining tashkilotchilik layoqati. Bunga o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ malakalari kiradi. O‘qituvchi bilim va malakalarini eng samarador metodlar va vositalar bilan talabalarga yetkazishi, auditoriyani mohirlik bilan boshqarishi, dars va darsdan tashqari jarayonni to‘g‘ri tashkil etishi, ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi muloqotini ijobiy yo‘lga qo‘yishi lozim. O‘qituvchi uchun talabalar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish asosiy masala hisoblanadi. Talabalarni bir-biriga izzat-hurmatli, mehrli, do‘stona munosabatli qilib tarbiyalash, ular o‘rtasidagi ayrim tushunmovchiliklar va ba’zi jamoat ishlarini birgalikda hal qilish yo‘llarini o‘rgatish o‘qituvchidan katta ma’suliyat talab etadi.
Oltinchisi, e’tibor qozonish layoqati. Talabalar o‘rtasida o‘qituvchining e’tibor qozonishi uning insoniy fazilatlariga bog‘liq. O‘qituvchidan insonparvarlik, sofdillik, poklik, halollik, ochiqlik, xushmuomalalik, bosiqlik, adolatlilik, kechirimli bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi estetik ta’sirchan, yuqori didli bo‘lishi kerak. Uning qiyofasi, yuz ko‘rinishi, hatti-harakatlari qaddi-qomati, chiroyli yurishi, kiyinishi yagona maqsadga yo‘naltirilgan ya’ni, talabalar shaxsining tarbiyaviy shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi lozim.
Yettinchisi, talabalar bilan erkin munosabat layoqati. Ba’zan talabalar o‘qituvchidan qo‘rqib, savol bera olmaydi, bilmaganini so‘rashdan tortinadi, erkin suhbatlasha olmaydi. Natijada, o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas to‘siq paydo bo‘ladi. Bu o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga xalaqit beradi. Shuning uchun, mashg‘ulot davomida, o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmaydigan to‘siq bo‘lmasligi lozim. Talaba o‘z fikrini, savollarini, tushunmagan materialni erkin so‘ray olishi, munosabatini bildirishi uchun imkoniyat yaratilishi shart.
Sakkizinchisi, kelajakni oldindan ko‘ra bilish layoqati. O‘qituvchi bilim oluvchilarning ijobiy tomonlarini, yaxshi sifatlarini izlashi, topishi va rivojlantirishi zarur. Talabalarni kelajakda mutaxassis, yaxshi inson bo‘lishlariga ishontirish, ularni ko‘tarinki ruhda tarbiyalash, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlashi lozim. Do‘q urib, qo‘pollik qilib, haqoratli so‘zlar bilan talabalarning izzat-nafsiga tegib bilim o‘rgatib bo‘lmaydi. Chunki, bilim olish ham ijodiy faoliyat hisoblanadi. Dars mavzusiga tegishli bo‘lmagan turli xil voqea-hodisalar haqida gapirib, talabalar vaqtini behudaga sarflamaslik lozim. Buyuk pedagog Ralf Uold Emereon “Ta’limning siri o‘quvchiga hurmatda bo‘lishdir” deb yozadi.
To‘qqizinchisi, talabalar diqqatini jalb eta olish layoqati. Bu barcha pedagogik fazilatlarning ustuni hisoblanadi. Chunki talabalar diqqat e’tiborini o‘quv materialiga jamlamasdan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Talabalar diqqatini jalb etishda shunday yo‘l tutish kerakki, biror talaba e’tibordan, o‘qituvchi nazaridan chetda qolmasin. Talabalar diqqatini jalb qilish o‘qituvchining pedagogik mahorati va texnikasiga bog‘liq.
O‘ninchisi, talabalarni ortidan ergashtira olish layoqati. O‘qituvchida ichki kuch (energiya) yetarli bo‘lishi, dars va darsdan tashqari jarayonda harakatchan, talabalarni o‘z ortidan ergashtira oladigan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi zimmasiga yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash vazifasi yuklangan ekan, u talabalarga namuna bo‘lishi lozim. Kiyinishi, muomala madaniyati, xatti-harakati pedagogga xos, yurish-turishi sipo, kamtar, mehribon, kechirimli o‘qituvchilarga talabalar beixtiyor taqlid qiladilar va uning ortidan ergashadilar. Zotan, pedagogik mahorat - o‘quv, bilim, ko‘nikma, malaka, tajriba va aql hosilasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Najmiddin Komilov Xoja Bahouddin Naqshband o`gitlari. T.: 2018y.
2. Mamedov K.Q., Berdiyev G.J. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent, ToshDU, 2003 y.
3.M.M. Axmedjanov, B.Q.Xo‘jayev, Z.D. Hasanova Pedagogik mahorat Toshkent, 2006 y.



Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling