Бир соатлик дарс – йирик бир асардир


Download 16.77 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1638770
  1   2   3
Bog'liq
Н. Amirov. maqola Ajiniyoz 2022y


O‘QITUVCHI SHAXSIDAGI ZARURIY LAYOQATLAR
N. I. Amirov
QarMII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ma`lumki, so`nggi vaqtlarda ta`lim-tarbiya jarayoni, ta`lim sifati haqida ko`p bahslar yuritilmoqda. Yaqinginada e`lon qilingan ma`lumotga ko`ra Respublikamiz ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning 56% talabga javob bermas ekan.Bu ma`lumot ko`p yillar davomida ta`lim jarayonida faoliyat olib borayotgan haqiqiy fidoiy xodimlar sha`niga yaxshi gap emas.Ammo yuqorida keltirilgan ma`lumotlarni ham batamom inkor etib bo`lmaydi albatta. Shu o`rinda biz o`qituvchi uchun zaruriy layoqatlar tarkibini endigina pedagoglik faoliyatini boshlagan shaxlarga uqtirishni joiz deb bildik.


Bugungi yoshlar ilmga chanqoq va intiluvchandir. O‘qituvchi dars o‘tishda o‘ta madaniyatli, odob-axloqli, talabchan bo‘lishi va tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi shart. Mashhur Naqshband tariqatida shunday hikmat bor “...Adab bu xulqni chiroyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilishdir. Xizmat odobi ulug‘ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi amalning qabuli, tug‘yon esa amalning buzuqligidir. Adabni saqlash - muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxti, yana muhabbat urug‘i hamdir”.[1.24]
O‘qituvchilik sharafli, shu bilan birgalikda o‘ta mas’uliyatli, murakkab, mashaqqatli kasb. Pedagoglik fidoiylikni, halollikni, ko‘p mehnatni, o‘z ustida diomiy ishlashni, zamon bilan hamnafas bo‘lishni pedagogik mahoratni talab etadi. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama jarayon hisoblanadi, ya’ni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi tomonlar. Binobarin, ularning o‘zaro bir maqsadga intilishi, muvofiqlashishi chuqur bilim egallashga olib keladi hamda ta’lim jarayonini sifat va samaradorligini belgilaydi.
Demak, o‘z kasbining mohir egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi muntazam o‘z ustida ishlashi, tabiatdan, san’atdan, hayotdan, fandan bahra olib, rivojlanib, mukammallashib borgandagina maqsadga erishadi. Pedagogik mahorat - tug‘ma qobiliyat, nasldan-naslga o‘tuvchi irsiyat emas, u o‘qituvchining tinimsiz mehnat mahsulidir. Shu o‘rinda yosh pedagoglarni, mutaxassislarni o‘qituvchilikning quyidagi o‘nta fazilatini puxta o‘zlashtirishi ularni pedagogik mahoratga yetaklaydi.[2.37]

Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling