Бир соатлик дарс – йирик бир асардир


Download 16.77 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1638770
1   2   3
Bog'liq
Н. Amirov. maqola Ajiniyoz 2022y

Birinchisi, talabalarga o‘quv materialini oson o‘zlashtirishlari uchun qulay shakl va uslubda yetkaza bilish layoqati. Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z fanini mukammal bilishi, dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi, zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, ma’naviy-axloqiy pok va siyosiy dunyoqarashi yuqori bo‘lmog‘i lozim. Pedagogik texnologiyaning asosiy kuchi o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsad sari birgalashib intilishi hamda kutilgan natijaga erishishida yaqqol ko‘rinadi.
Ikkinchisi, o‘qituvchining o‘quv materialini talabalarga tushuntira olish layoqati. Talabalarga berilayotgan o‘quv materiallari oddiy, sodda, tushunarli tarzda yetkazilishi axborotlarni puxta o‘zlashtirilishiga olib keladi. Pedagogning o‘quv materialini amaliyot bilan bog‘lab, hayotiy misollar orqali, ta’sirchan uslubda tushuntirishi yaxshi natija beradi. Shu o‘rinda, didaktikaning nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchinchisi, o‘quv auditoriyasini kuzatuvchanlik layoqati. Auditoriyada o‘tirgan barcha talabalarni zimdan kuzatish, talabaning ichki olamiga kirish, ayni vaziyatdagi holatni psixologik anglash lozim. Talabalarni shirin yoki xom xayollarga berilgan, toliqqan, zerikkanligini his qilish shart. Bunday holatda o‘qituvchi talabaga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas jihatlarni his qila olishi kerak. Shunday vaziyatda o‘qituvchi o‘quv materialidan qisqa vaqt ichida lirik chekinish qilib, dolzarb, hayotiy, qiziqarli, ibratli rivoyatlar, hikoyalar, maqollardan misollar keltirib, talabalarni chalg‘itishi va diqqatini jamlab olishiga erishmog‘i shart.
To‘rtinchisi, notiqlik, nutq madaniyati va texnikasi layoqati. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, o‘quv materialini badiiy, ravon, tushunarli tilda bayon qilishi, uning nutqida shevadagi so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Nutqda diksiya (talaffuz) so‘zlarga urg‘uni to‘g‘ri berish muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning tezligi, so‘zlarning jaranglashi, pauzalarga rioya qilish nutqning ritmini tashkil etadi. Nutqda tembr - ovozning shiraligi, ohangi, ochiqligi va yoqimliligi muhimdir. O‘qituvchining haddan ziyod baqirib yoki past gapirishi, bir xil tempda tushuntirishi talabalarni qiziqishini so‘ndirib, loqayd qilib qo‘yadi. Shuning uchun o‘qituvchining nutqida hamisha o‘ziga ishonch sezilib turishi, barchaning diqqat e’tiborini jalb eta olishi lozim. Nutqning tushunarli, chiroyli, badiiy, ravon bo‘lishi o‘qituvchining so‘z boyligiga bog‘liq bo‘lib, talabalarni faol bo‘lishga undaydi.

Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling