Birikish reaksiyasi: so
Oksidlovchi va qaytaruvchi xossali moddalar
Download 198.27 Kb.
|
8 Oksidlanish qaytarilish reaktsiyalariga doir misol va mashqlar yechish
Oksidlovchi va qaytaruvchi xossali moddalar
Oksidlanish va qaytarilish jarayonlaridan ko’rinib turibdiki, elementlar oksidlanish darajalari ular mumkin darajada mavjud bo’lgan oksidlanish darajasigacha o’zgaradi. Demak, oksidlanish jarayonida qaytaruvchi modda oksidlanadi ya’ni, past oksidlanish darajasi yuqorigacha ko’tarilishi mumkin (elektron beradi). Demak, qaytaruvchi bo’lib, tarkibida minimal (eng past) oksidlanish darajasiga ega elementlar Saqlagan moddalar yoki ionlar bo’la oladi. Quyidagi jadvalda muhim oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar keltirilgan:
1–mashq. Quyida ko’rsatilgan moddalardan qaysi birlari faqat oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi? 1)KNO3, 2)PbO2, 3)H2S, 4)Zn, 5)NH3, 6)H2O2, 7)Cl2, 8)HI Birikmalarda elementlar oksidlanish darajalarini aniqlasak: 1)KNO3 da K (+1), N(+5), O(-2) 2)PbO2 da Pb(+4), O(-2) 3)H2S da H(+1), S(-2) 4)Zn da Zn(0) 5)NH3 da N(-3), H(+1) 6)H2O2 da H(+1), O(-1) 7)Cl2 da Cl(0) 8)HI da H(+1), I(-1) ga teng. Bu birikmalarda minimal oksidlanish darajali elementlar S(-2), Zn(0), N(-3), I(-1) hisoblanadi. Demak, 3)H2S, 4)Zn, 5)NH3, 8)HI lar fakat qaytaruvchi bo’la oladi. Qaytarilish jarayonida element oksidlanish darajasi yuqoridan pastga tushadi ya’ni, elektron qabul qiladi. Bunday qaytarilishga uchraydigan element tutgan moddalar (ionlar) oksidlovchi bo’la oladi. 2-mashq. Quyida keltirilagan moddalardan qaysi birlari faqat oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi? 1)K2Cr2O7, 2)H2O2, 3)KMnO4, 4)HCl, 5)HNO3 (suyul.), 6)FeSO4, 7)Cl2, 8)SO2 Birikmalarda elementlar oksidlanish darajalarini ko’ramiz: K2Cr2O7 da Cr(+6) KMnO4 da Mn(+7) HCl da Cl(-1) HNO3 da N(+5) FeSO4 da Fe(+2), S(+6) SO2 da S(+4) ga teng. Bu birikmalarda K2Cr2O7 da Cr, KMnO4 da Mn, HNO3 da N elementlari eng yuqori oksidlanish darajasiga ega, demak, bular faqat oksidlovchi bo’la oladi. Chunki ulardagi Cr, Mn, N lar boshqa yuqori oksidlanish darajagacha o’zgara olmaydi. HCl da Cl, SO2 da S, FeSO4, H2O2, Cl2 lar ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo’la oladi. Demak, K2Cr2O7, KMnO4, HNO3 faqat oksidlovchi bo’la oladi. Ham oksidlovchi ham qaytaruvchi bo’lishi uchun, moddalardagi elementlar o’rta oksidlanish darajasida bo’lishi kerak. 3-masq. Quyidagi moddalardan qaysi birlari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi: 1)HNO3, 2)HNO2, 3)H2S, 4)CrCl3, 5)NH3, 6)H2SO4, 7)H2O2, 8)K2Cr2O7, 9)MnO2 Dastlabki misollarda ta’kidlab o’tilganidek, HNO3, K2Cr2O7 lar faqat oksidlovchi va H2S, NH3 lar faqat qaytaruvchi bo’la oladi. Demak qolganlari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo’la oladigan moddalar hisoblanadi: 2)HNO2, 4)CrCl3, 6)H2SO4, 7)H2O2, 9)MnO2. Oksidlovchi va qaytaruvchilarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari ularning atom tuzilishiga bog’liq. 4-mashq. Quyidagi galogen ionlarini, ularning qaytaruvchilik xossasi kamayib borish tartibida joylashtiring: 1)brom ioni, 2)astat ioni, 3)ftor ioni, 4)yod ioni, 5)xlor ioni Ftor (ftorid) ionida ftor kuchli elektromanfiyligi Sababli jarayonlarda o’z elektronini bermaydi ya’ni, oksidlanmaydi. Qaytaruvchilik xossasi eng past darajadagi ionlar At- gacha oshadi. Demak, qaytaruvchilik xossalar At-, I-, Br-, Cl-, F- qatorda kamayib boradi. 5-mashq. Quyidagi moddalarni oksidlovchilik xossalari ortib borish tartibida joylashtiring: 1)kaliy manganat, 2)marganes (IV) oksid, 3)kaliy permanganat, 4)marganes (III) oksid, 5)marganes (II) xlorid. K2MnO4 da Mn(+6), MnO2 da Mn(+4), KMnO4 da Mn(+7), Mn2O3 da Mn(+3), MnCl2 da Mn(+2) oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Bularda eng kuchli oksidlovchi kaliy permanganat, undan keyin kaliy manganat va hokazo. Demak, oksidlanish darajasi paCayib borish bilan hosil qilingan birikmalarda oksidlovchilik paCayadi. Moddalarning oksidlovchilik xossalari ortib borish tartibida joylashtirSak, quyidagicha bo’ladi: 5)MnCl2, 4)Mn2O3, 2)MnO2, 1)K2MnO4, 3)KMnO4.
Download 198.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling