Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 470,86 Kb.
|
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.
Vintli juft nazariyasi
Gaykaga ko’yilgan moment va vint o’q bo’yicha yo’nalgan kuchi orasidagi bog’liqlik. Agar vint o’q bo’yicha yo’nalgan F kuch bilan yuklangan bo’lsa (2.11-rasm), unda gaykani burash uchun kalitga Tzav burovchi moment, vint sterjeniga esa sterjenni aylanib ketishidan saqlovchi reaktiv moment Tr qo’yilishi kerak. Bunda quyidagi ifoni keltirish mumkin, , (2.1) bu erda, TT – gaykaning yon tayanchidagi ishqalanish kuchi momenti; Tr – rezbadagi kuchlar momenti. Кeltirilgan tenglik boltlar, vintlar, shpilkalar va vintli mexanizmlarning istalgan vintli juftlari uchun o’rinlidir. 2.11-rasm. Vintli juftga qo’yilgan momentlar. Xatoliklarni e’tiborga olgan holda, gaykaning yon tayanchidagi ishqalanish kuchlarining keltirilgan radiusini ushbu tayanchning o’rtacha radiusiga teng qilib qabul qilinadi yoki . Bunda, , (2.2) bu erda ; D1 – gaykaning yon tayanchining tashqi diametri; dtesh – teshik diametri; f – gayka yonidagi ishqalanish koeffisienti. Rezbadagi kuchlar momentini aniqlaymiz, bunda gaykani qiya tekislikda rezba o’ramlari bo’yicha ko’tarilayotgan polzun sifatida qaraymiz (2.12-rasm). Mexanikaning taniqli teoremasi bo’yicha polzun muvozanatda joylashishi uchun tashqi kuchlar sistemasining Fn teng ta’sir etuvchisi n-n normaldan burchakka chetlangan bo’lishi kerak. Ushbu holatda F o’q bo’yicha yo’nalgan kuch va aylana kuchlar tashqi kuchlar hisoblanadi. Bu erda Tr – kalit tomonidan qo’yilgan aktiv moment bo’lib, Tzav-TT ga teng. Shunda (2.12-rasm), yoki , (2.3) bu erda, - rezbaning ko’tarilish burchagi; - rezbadagi ishqalanish burchagi; -rezbadagi keltirilgan ishqalanish koeffisienti bo’lib, profil burchagining ta’sirini hisobga olinadi. 2.12-rasm. Vintli juftdagi momentlarni aniqlash sxemasi. Momentlarning qiymatlarini (2.1) ga qo’yamiz va quyidagi bog’liqlikni olamiz, . (2.3) Gaykaning o’z-o’zidan buralib ketishida Ft aylana kuch va ishqalanish kuchi yo’nalishini o’zgartiradi. Bunda, . (2.4) Gayka yon tomonidagi ishqalanishni hisobga olgan holda o’z-o’zidan buralib ketish momenti, . (2.5) Olingan bog’lanishlar asosida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 1. (2.3) formula bo’yicha vintning F o’q bo’yicha yo’nalgan kuchining kalit dastagiga qo’yilgan Fk kuchga nisbatini hisoblash mumkin, ya’ni . Standart metrik rezbalar uchun kalitning standart uzunligi va bo’lganda =70…80. 2. Vint sterjeni F kuch ta’sirida cho’zilishi bilan bir paytda Tr moment ostida buraladi. Download 470,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling