Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar


Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va foydali ish koeffisienti


Download 470.86 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi470.86 Kb.
#1590965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.

Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va foydali ish koeffisienti

O’z-o’zidan tormozlanish shartini quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin, . Gayka chetidagi ishqalanishni hisobga olmagan holda faqat rezbadagi o’z-o’zidan tormozlanishni qarab chiqamiz va shunda,


yoki . (2.6)
Mahkamlovchi rezbalar uchun ko’tarilish burchagining qiymati chegarada yotadi, ishqalanish burchaginiki esa ishqalanish koeffisientiga bog’liqlikda da gacha va da gacha o’zgaradi. Shunday qilib, barcha mahkamlovchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchidir. Metrik rezba qadami kichiklashib borishi bilan uning o’z-o’zini tormozlashi ishonchliroq bo’lib boradi, chunki ularda burchak kichikdir. Ammo, yuqoridagi mushohadalarga qaramasdan, mashinalarda maxsus mahkamlovchi elementli rezbali birikmalardan foydalaniladi. Bu holat vint va gayka orasidagi ishqalanishning titrash natijasida sezilarli kamayishidir. Mana shu holatda vint va gayka badanining radial deformasiya hisobiga mikroko’chishi paydo bo’ladi. Bu esa vintli juftning o’z-o’zidan bo’shashiga sabab bo’ladi. Yo’naltiruvchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchi va tormozlanmaydigan qilib tayyorlanishi mumkin.
Ishqalanish koeffisientining yuqorida keltirilgan qiymati statik yuklamalarda o’rinlidir. O’zgaruvchan yuklamalar va asosan titrashlar natijasida ishqalanish sirtlarining o’zaro mikrosiljishlari tufayli ishqalanish koeffisienti pasayib ketadi (0,02 gacha va undan kichik). O’z-o’zidan tormozlanish sharti buziladi va o’z-o’zidan buralib ketish yuz beradi.
Vintli juftning foydali ish koeffisientini gaykani burash uchun sarflangan ishning ishqalanish yo’q deb faraz qilingandagi qiymatini ishqalanish mavjud bo’lgandagi qiymatiga bo’lish yo’li bilan topish mumkin. Bunda gaykani burashga sarflangan ish uni burish burchagiga burovchi momentga teng. Burish burchaklari teng va bunda, gaykani burash uchun sarflangan ishlar orasidagi nisbat, momentlar orasidagi nisbatga teng.
. (2.7)
Rezbadagi yo’qotishlarni hisobga olib vintli juft uchun f.i.k.ni topamiz,
. (2.8)
O’z-o’zidan tormozlanuvchi juftda , . Shuning uchun ko’pchilik vintli mexanizmlar o’z-o’zdan tormozlanuvchi va ularning f.i.k. 0,5 dan kichik.
(2.8) formulaga asosan, oshishi va kamayishi bilan f.i.k. ortadi.
Vintli mexanizmlarda rezbaning ko’tarilish burchagini oshirish uchun ko’p kirimli vintlar qo’llaniladi. Amaliyotda 20…25º dan katta bo’lgan vintlar kam qo’llaniladi, ya’ni bunda f.i.k. qiymati sezilarsiz, rezbani tayyorlash qiyinlashadi.
Vintli mexanizmlar f.i.k. ni oshirish uchun rezbadagi ishqalanishni kamaytiruvchi turli vositalar qo’llaniladi: antrifriksion metallar, ishqalanuvchi sirtlar sinchiklab ishlov beriladi va moylanadi, gayka ostidan podshipnik o’rnatiladi, sharikli vintli juftlarni qo’llash.



Download 470.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling