Biriktiruvchi to’qimalarning xilma-xiligi o’ziga xosligi reja


TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS SEU GRANULOCYTUS BASOPHILUS TEXTUS)


Download 0.77 Mb.
bet5/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1768507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biriktiruvchi toʻqima

TO`QIMA BAZOFILLARI YOKI SEMIZ HUJAYRALAR (LABROCYTUS SEU GRANULOCYTUS BASOPHILUS TEXTUS) 
To`qima bazofillari (labrotsit, mastotsit yoki geparinotsit) birinchi marta 1877 yilda Paul Erlix tomonidan ta’riflangan bo`lib, sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto`g`ri dumaloq shaklga ega bo`lib, fiziologik reaksiyalarda va turli patologik holatlarda miqdori o`zgarib turadi. Hujayra sitoplazmasida organellalardan tashqari yirik gomogen donachalar (kattaligi 0,3-1,0 mkm) joylashgan (74-rasm). Bir hujayrada. taxminan 10-20 ta donachalar bo`lib, ularni tuzilishiga ko`ra donador, plastinkasimon va aralash donachalarga bo`lish mumkin.. Donachalar o`zida biologik aktiv bo`lgan moddalar: g e p a p i n, g i s t a m i n va serotoninlar tutadi. Bundan tashqari sitoplazmada har xil fermentlar: lipaza, ishqoriy fosfataza, peroksidaza, sitoxromoksidaza, ATF-aza va boshqalar mavjud. Hujayraga xos fermentlardan biri bo`lib gistidin dekarboksilaza hisoblanadi. Bu ferment yordamida gistidin aminokislotasidan gistamin sintezlanadi.
To`qima bazofillarining donachalarida saqlanadigan geparin va gistamin to`qimalar muhiti doimiyligini (gomeostazni) ta’minlashda muhim rol o`ynaydi. Geparin donachalar mahsulotining qariyb 30% ini tashkil etib, sulfatlangan kislotali glikozaminoglikanlarga kiradi.



74-rasm. To`qima bazofilning elektron mikrofotogrammasi. X 12.000.
I-sitolemma; 2-yadro; 3-sekret donachalari.

U qon ivishiga to`sqinlik qiladi, hujayralararo moddaning o`tkazuvchanligini pasaytiradi va yallig`lanish protsessini susaytiradi. Gistamin esa kuchli aktiv modda bo`lib, kapillyarlar devorining o`tkazuvchanligini oshiradi va qon tomirlarni kengaytiradi. Shu xususiyatlari tufayli to`qima bazofillaridan ajralib chiqadigan gistamin turli xil allergiya reaksiyalarida ishtirok etadigan asosiy moddalardag` biri bo`lib hisoblanadi. Gistamindal tashqari, allergiya reaktsiyalarida to`qima bazofillari ajratib chiqaradigan moddalar, jumladan, allergiyaning sekin ta’sir ko`rsatuvchi moddasi, trombotsitlarni aktivlovchi modda, neytrofil va eozinofillarning :xemotaksisini kuchaytiruvchi modda va boshqalar ishtirok etadi.


Bu moddalarning hujayradan tashqariga chiqishi degranulyatsiya deb atalib, u turli usul bilan amalga oshishi mumkin. Degranulyatsiya jarayonida to`qima bazofillarining hujayra qo-big`ida joylashgan maxsus retseptorlari muhim o`rin tutadi. Bu retseptorlar organizmga tushgan yot antigenlarning antitelolar bilan hosil qilgan maxsus «antigen + antitelo» kompleksini o`ziga biriktirib olib, natijada, hujayradan yuqorida qayd qilingan moddalarning ajralib chiqishiga olib keladi. Hozirgi paytda allergiya kasalliklarida immunoglobulinlarning maxsus E sinfi (Ig E) muhim rol o`ynashi tasdiqlangan. Allergiya reaktsiyalariga moyil bo`lgan organizmda antigenlarga yoki allergenlarga qarshi ko`p miqdorda Ig E ishlab chiqariladi. «Allergen + Ig E» kompleksi esa to`qima bazofillarining retseptorlari bilan bog`lanib, hujayralar degranulyatsiyasiga sabab bo`ladi. Demak, bu holatlarda Ig E himoya vazifasini o`tash o`rniga to`qimalarda muhit doimiyligini buzilishga olib keladi.
To`qima bazofillariga tuzilishi va ximiyaviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykotsitlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykotsitlarning qizil suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo`lsa, to`qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko`rsatilmagan. To`qima va qon bazofillarining tuzilish va faoliyat jihatidan o`xshashligi, bu ikkala hujayralarning son jihatidan bir-birini to`ldirib turishi to`qima bazofillari ham o`zak hujayralardan kelib chiqadi degan taxminga dalil bo`la oladi. To`qima bazofillarida mitoz bo`linishining juda kam uchrashi ham bu fikrning qo`shimcha isbotidir. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling