Biriktiruvchi to’qimalarning xilma-xiligi o’ziga xosligi reja
PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR (PLASMOCYTI)
Download 0.77 Mb.
|
Biriktiruvchi toʻqima
PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR (PLASMOCYTI)
Plazmotsitlar sut emizuvchilarda va, xususan, odamda ko`p uchrovchi hujayra turidir. U murtaklarda, taloq, limfa tuguni, jigar, ichakning shilliq qavatida va boshqa a’zolarda uchraydi. Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo`lib, yadrosi ekstsentrik joylashadi. Hujayra sitoplazmasi to`q bazofil bo`yaladi. Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko`rish mumkin. Golji kompleksi atrofi-da lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi immunoglobulinlar yoki antitelolar ishlab chiqarishdir. Hozirgi vaqtda immunoglobulinlarning asosan 5 sinfi (A, G, M, D, E) plazmatik hujayrada hosil bo`lishi tasdiqlangan. Bu moddalar donador endoplazmatik to`rda vujudga kelib, boshqa a’zo hujayralaridagi singari sekretor konveyerga tushib, hujayradan tashqariga chiqariladi. Sekretor moddaning tashqariga chiqishi plazmotsitoz (sitoplazma bo`lakchalarining ajralnshi) yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi davrda plazmatik hujayralarning B- limfotsitlardan hosil bo`lishi aniqlangan. Qonning o`zak hujayralaridan qushlarda Fabritsiy xaltachasi, sut emizuvchilarda esa qizil suyak ko`migida B-limfotsitlar hosil bo`ladi. B-limfotsitlar esa antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanishi mumkin. Plazmatik hujayralarning bir necha turlari farqlanadi: plazmoblastlar, proplazmotsitlar va yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi hujayralardir. Ular proplazmotsitlar bosqichiga o`tib, ko`p miqdorda immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq. Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida avval antitelo hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling