Biriktiruvchi to’qimalarning xilma-xiligi o’ziga xosligi reja


BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING HUJAYRA ELEMENTLARI


Download 0.77 Mb.
bet2/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1768507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biriktiruvchi toʻqima

BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING HUJAYRA ELEMENTLARI
Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plazmatik (plazmotsit), to`qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit yoki yog` hujayra), pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi to`qimada qon orqali o`tgan qon shaklli elementlari (leykotsitlar) ham uch-raydi (70- rasm).



69- rasm. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima (sxema).
1-fibroblast; 2-makrofaglar; 3-kollagen tolalar; 4-elastik tolalar.



70-rasm. Biriktiruvchi to`qimalarning ayrim hujayralari (sxema).
1- kam differentsialashgan hujayra; 2 -retikulyar hujayralar; 3 -fibroblastlar;
4- makrofaglar; 5- plazmatik hujayralar; 6-semiz hujayralar; 7-limfotsitlar;
8-neytrofillar; 9-yog` hujayralari; 10-pigment hujayra; 11-endoteliy hujayralari; 12- kollagen tolalar; 13-elastik tolalar.

FIBROBLASTLAR
Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir.
Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir. Kam differentsiallashgan fibroblastlarda hujayra organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko`rish mumkin (71-rasm). Gistoximiyaviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi. 


71-rasm .Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. X 8000.
1-yadro; 2-sitoplazmadagi kollagen tolalar. 
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi. yosh fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir. Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi.
Ba’zi bir sharoitlarda (masalan, homiladorlik paytida bachadonda) fibroblastlar silliq mushak hujayralariga o`xshash bo`lgan miofibroblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r tutishi bilan farqlanadi. Va, nihoyat, ma’lum bir sharoitlarda biriktiruvchi to`qimada fibroklast hujayrala-rihampaydo bo`lishi mumkin. Bu hujayralar gidrolitik fermentlarga boy bo`lib, ular keragidan ortiq hosil bo`lgan hujayra oraliq moddaning yemirilishi va so`rilib ketishida ishtirok etadilar.

Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari dif-ferentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling